Bir kishi vafot etibdi va ALLOHning jamolini ko'rishga sazovor bo'libdi. ALLOH undan so'rabdi: tilaging bo'lsa ayt bajo keltiraman. U kishi aytibdi: men jannat va jaxannamni qandayligini ko'rishni istayman! ALLOH uni tilagini bajo keltiribdi. U odam qarasaki ikkita eshik turganmish. Do'zax eshigi oldida stol artofida odamlar o'tirganmish. Stol o'rtasida shiring taomlarga to'la idish bormish. Har-bir odamning qo'liga uzun qoshiq bog'langanmish. Qoshiqning uzunligidan ular ovqatni og'zilarga tog'rilay osmasmish va och-naxor, xoldan toygan holda o'tirarmish. Jannat eshigi oldida ham huddi shunday idish to'la stol atrofida odamlar qo'llariga uzun qoshiq bog'langan holda o'tirarmish. Ular ham qoshiq uzunligan ovqatni og'zilariga tog'rilay olmasmish. Ammo har-doim baxtiyor, qorinlari har doim to'q emish. U inson so'rabdip: do'zax eshigi yonidagilarni ahvoli ayon, lekin nega qoshiqlari uzunligidan ovqatlana olmasalar ham Jannat odamlarining qorinlari to'q! Shunda ALLOH TAOLO javob qilibdi: ey g'ofil banda Jannat odamlarining qo'lidagi qoshiqlar uzun, ular ovqatni o'zlari yeyishmaydi, o'sha uzun qoshiqlari bilan bir-birlarini ovqatlantirishadi. Jaxannam axli esa yomonligi bois o'zi ham yeyolmaydi boshqalarga ham yedirmyadi shuning uchun ular har-doim och! Qissadan xissa shuki: kimki xasis va qizg'anchiq bo'lsa uning ahvoli yuqoridagi do'zax ahli kabidir. Zero ALLOH bandalariga bir-birlariga yaxshilik qilish, ehson qilishni, moli nisobidan ortiq bo'lsa zakot berishlikni buyurgan! "ular(taqvodorlar) g'oyib(diniy xabar)ga iymon keltiradigan namozni vaqtida o'qiydigan va biz risq qilib bergan narsalardan(sadaqa va ehson) ehson qiladiganlardir" (Baqara surasi 3-oyat)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев