Havo sovuq, bahorga öxshamaydi. Bayramga
har doimgidek atirgul emas, lola sotib olmoqchi
böldi. Bozor darvozasi yaqinida bir chelak
chiroyli lolalar turardi. —Kim sotyapti— söradi
u. -Hozir keladi,—dedi bir ayol. U yerda yana
bir qariya turardi. Uning nimasidir yigitni öziga
jalb qildi. Cholning egnida eski urfdagi plash:
hamma yog‘i tikilib, yamoq bölib ketgandi.
Shimi ham eski, lekin yaxshilab dazmollangan.
Poyabzali yaxshilab moylanganidan yaltirab
tursada, ancha xizmat qilgani bilinib turardi.
Qariyaning yuzini ajin bosgan biroq közida
qandaydir mag‘rur ifoda bor edi. U sovuqdan
kökarib ketgandi. Shunga qaramay, gul
sotuvchining kelishini kutardi. Yigitning unga
rahmi keldi. Sinchiklab razm solgach, uning
piyonista emasligini, shunchaki köp qiyinchilik
körganini, g‘aribligidan uyalayotganini tushundi.
Gul sotuvchi ayol chelakka yaqinlashdi. Chol
botinmay bir qadam tashladi. Yigit ham.
— Qizim, bir dona lola qancha turadi?
— Yöqol bu yerdan, yaramas chol, sadaqa
söramoqchimisan
— baqirdi gulchi xotin.
—Menga bitta lola kerak, qancha turadi? Yigit
cholning közlari yoshlanganini kördi.
—Bittasi? Sen b-n pachakilashib ötiramanmi?
Yöqol!
— Sen baqirmasdan qancha turishini ayt
— dedi chol sekin.
—Donasi 500,
— dedi xotin kinoya b-n. Chol chöntagidan
ikkita 200 sömlik chiqardi.
—Menda 400 söm bor, balki shunga berarsan
— söradi chol qimtinib. Yigit cholning közlarida
shu paytgacha birorta erkakning közida
körmagan alam va og‘riqni payqadi. -Yaxshi,
— gulchi xotin mazaxomuz hiringlab chelakdan
bir dona lola oldi. Gul shoxchasi örtasidan
singandi. Chol lolani olib tög‘rilashga urindi.
Ammo gul öjarlik b-n pastga egilardi. Qariya
qölida singan lolani tutgancha yig‘lardi.
— Menga qara, nima qilyapsan?
— yigit özini vazmin tutishga urinsada,
chidolmay baqirdi. Gulchi xotin indamay yigitga
qarab turaverdi. —Töxtang,
—yigit cholning yengidan tutdi.
—Öv ahmoq xotin! Bir chelagi qancha turadi?
— A...
—Sendan sörayapman, bir chelagi qancha
turadi? —30 ming bölsa kerak. Yigit chöntagidan
bir dasta pul olib, gulchi xotinning oyog‘i tagiga
tashladi. Söng chelakdagi lolalarni olib, cholga
tutqazdi. Qariya bu tuhfani bosh chayqab rad
etarkan, unsiz yig‘lardi. Yigitning közlariga ham
yosh sizdi. —Yuring,
—yigit cholni qölidan tutdi. Shirinliklar
sotiladigan rastadan ixchamgina chiroyli
bezatilgan tort sotib olib cholga ögirildi.
—Menga qarang ota, meni pulim bor. Bu 30
ming chöntagimga zarar qilmaydi, siz esa singan
lolaiz b-n xotinizni yoniga borishiz yaxshimas,
axir bugun 8-mart-ku! Manavi gullarni, tortni
olib boring, meni nomimdan ham tabriklab
qöying. Cholning közlaridan duvillab yosh oqa
boshladi. Lablari titrardi. Yigit ortiq bu
manzaraga qarab turolmasdi. U qölidagilarni
cholga tutqazib, közlarini kafti b-n artdida nari
keta boshladi. Oshiqib ketib borarkan, ortidan
cholning past, dardli ovozdagi sözlarini eshitdi:
—Biz 50 yildan beri birgamiz... U kasal bölib
qolgan... Bugun sovg‘a bergim kelgandi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев