Ushbu sanada tug’ilganlar nazokatli, mushfiq, xayolparast bo’lishadi. Aqlli, ijodkor, boy tasavvurga, badiiy-estetik jixatdan qobiliyatga ega. Ularning kuchi xissiyotlardan ko’ra tafakkurida, jismoniy extiyojga nisbatan ma’naviy qoniqishni ustun ko’radilar. Xayolga beriluvchan, muloyim, marhamatli bo’lishsa-da, ammo xizmat pog’onasi bo’ylab siljishlariga kuchlari va quntlari yetmaydi. Hamkorlar bilan umumiy til topishga harakat qilishadi, jismoniy munosabatni ruxiy bog’lanishsiz hal eta olishmaydi. Agar ularning nikoxi ma’naviy jixatdan barpo etilgan bo’lsa, omadli kechadi, aks holda kuchli ruxiy siqilishga duchor bo’ladilar.
Bu insonlar hayolga beriluvchan, kuchli aql-zakovat, shu bilan birga sodda va ishning ko’zini bilmaydiganlardir. Qarama qarshi harakat vaqtidaruxan tushkunlikka tushadi, o’zlariga munosib sharoitlarda bekamu ko’st bo’la olmaydilar. O’z g’oyalarini amaliy jixatdan ro’yobga chiqarish uchun ularda tirishqoqlik va tashabbus yetishmaydi. Bu insonlar uchun eng muhimi, ma’nan yuqori darajadagi xamkorlar bilan munosabat o’rnatishdir. Ular ruxiy jixatdan munosabatda bo’ladigan kishilar bilan ma’nan boy bo’ladilar. Eng muhim talab – bu insonlarda ishonch xosil qilib, ruxlantiradigan aql-zakovatli umr yo’ldoshini topishdir.
Ushbu insonlar kuchli aql-idrokni ishga solib, xodisalarga xolis baho berishlari lozim, aks holda ularni umidsizlik, asossiz iztiroblar kutadi.
Salomatlikka kelganda, mazkur sanada tug’ilganlarda jigar va ovqatni hazm qilish yo’lida muammolar bo’lishu mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев