Предыдущая публикация
Bu oy "qur'on nozil bo'lgan oy ekan.
Ro'za tutgan zot iymonga boy ekan,
Mo'min musulmonlar ro'za muborak,
Qabul etsin subhanalloh taborak.
Ro'za bizga yordam qo'lin uzatmish,
Takabburlar ahloqini tuzatmish.
Rasululloh uni yig'lab kuzatmish,
Mo'min musulmonlar ro'za muborak,
Qabul etsin subhanalloh taborak.
Ro'zamizni olloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan iymon bilan o'taylik.
Mangu huzur halovatga yetaylik,
Mo'min musulmonlar ro'za muborak,
Qabul etsin subhanalloh taborak.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев