chaqmoqday chaqnab
nigohlar,
Qalbimiz yoritdi ishqning
shu`lasi.
Sevgimizga yo`ldosh-
yomg`ir guvohlar,
Endi tinchlik bermas yurak
nolasi.
Qalbimga jo bo`lding,
yashaysan mangu,
Muhabbating bilan, olis
osmonim.
Oshiq bu ko`nglimga
solasan qayg`u,
O`zingsan begunoh,
yozing yomonim.
Sensiz yolg`izlikning
qismati aro
Zulmatga malika,
armonga shohman.
Go`zal bu tuyg`udan
hayotim qaro,
Alamli hijronga o`zim
guvohman.
Hayotsan yagona sevgim
bog`ida,
Hazonga aylandim
ishqning dog`ida.
Hayolsan begona menga
gohida,
Yolg`on hayollarga
cho`mib yig`layman.
Ayrildik... yulduzdek
so`ndi nigohlar,
Yoshlarimga ko`prik
kiprik tolasi.
Endi hasratimga ular
guvohlar,
Zulmatga asirdir sevgim
shu`lasi.
Shirin hayolimdan achchiq
xotira,
Qo`llarimda qoldi bir dasta
gulim.
Qaytishing kutib unsiz
yig`layman,
Yashayman sen uchun!
Kelguncha o`lim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев