Yo’ldosh bola tug’ilgach, ketidan tushadigan homila pardalari, platsenta va kindik tizimchasidan iborat tuzilma; homilani ona tanasi bilan bog’lab turadi. Tug’ruqning yo’ldosh tushish davrida platsenta va pardalar bachadon devoridan to’la ko’chadi va tug’ruq yo’llari orqali chiqadi.
Platsenta
Platsenta (yunoncha plakus - kulcha), bola o’rni– homiladorlik davrida hosil bo’ladigan va homila bilan ona organizmini bir-biriga bog’lab, ular o’rtasida modda almashinuvini ta’minlaydigan organ. Homila platsenta orqali ona qonidan kislorod hamda oziq moddalar olib, unga parchalanish mahsulotlari va karbonat angidrid ajratadi. Platsenta homilaga ahr xilmoddalar kelishini boshqarib, to’siq vazifasini ham o’taydi. Platsentada fermentlar vavitaminlar bo’ladi; unda ona organizmiga ta’sir etuvchi gormonlar (gonodotropin, estrogen, progesteron)va boshqa moddalar sintezlanadi. Platsenta homiladorlikning to’rtinchi oyida to’liq shakllanadi: normal rivojlangan homila platsentasi yumaloq, qalin, yumshoq, shakli kulchaga o’xshaydi. Homila platsentaga kindik yoki kindik tizimchasi orqali birikadi. Platsentaning ikkita yuzasi: bachadon devoriga qaragan ona yuzasi (bazal plastinka) va ichkariga – amnion (homila qopi) bo’shlig’iga qaragan homila yuzasi bo’ladi. Kindik qon tomirlari bilan shu homilayuzasiga birikib turadi. Platsenta funksiyasining buzilishi homiladorlikda turli asoratlarga, masalan,bolaning chala tug’ilishi, platsentaning erta ajralishi, homiladorlik toksikozlari va boshqalarga sabab bo’ladi.
Kontratseptiya vositalari
Kontratseptiya- bu istalmagan homiladorlikning oldini olish demakdir. Shu maqsadda xavfsiz va sinovdan o’tgan, organizm uchun zarar bo’lmagan kontratseptiv vositalarni qo’llash mumkin. Kontratseptiv vositalar ayollarning sog’lig’i va hayotini himoya qiladi. Salomatligiyaxshi bo’lmagan ayollarni homiladorlikdansaqlaydi.
Hozirgi vaqtda istalmagan homiladorlik va jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklardan saqlanishda ayollar orasida jiddiy jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi o’tkazgan tadqiqotlar natijasida ko’pchilik ayollarda ekstragenital kasalliklar, ya’ni kamqonlik, surunkali o’pka-jigar kasalliklari, yurak-tomir kasalliklari borligi aniqlangan. Sog’lom ota-onadan sog’lom bola tug’ilishini hamma biladi. Bemor ayollar organizmi batamom sog’ayib ketmaguncha kontratseptiv vositalardan foydalanishlari lozim.
Eslatib o’tish kerakki, sog’lom ayol homiladorliklar orasida kuchlarini tiklab oilishga vaqt qoldirmay har yili tug’aversa, onaning ham, bolaning ham sog’lig’i xavf ostida qoladi. Chaqaloqlar nimjon, vaznikam bo’ladi. Ular ko’p kasal bo’lishadi, ko’krak sutini yetarlicha ema olmaydi. Ona ham zarar ko’radi. Uy-ro’zg’or yumushlari, ketma-ket tug’ilgan bolalar parvarishi uning ko’p kuchini olib qo’yadi. Har bir bola dunyoga kelgandan so’ng ona organizmi navbatdagi homiladorlikka tayyorgarlik ko’rishi uchun kamida 3-4 yil kerak bo’ladi. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki ayol turmushga chiqqandan so’ng, unda qandaydir kasalliklar borligi ma’lum bo’ladi. Ayrim kasalliklarda homiladorlik ona va bolaning hayoti uchun xavf soladi. Bunday hollarda yosh kelinchaklar o’z sog’lig’initiklab olguncha kontratseptiv vositalardan foydalanishlari kerak. Bu vositalar turli-tuman bo’lib, shifokor maslahati bilan ularni o’zi tanlay olishi mumkin. Bunday vositalar qulay bo’lishi vaorganizmga ziyon yetkazmasligi lozim.
Zamonaviy kontratseptivlarga quyidagilar kiradi:
- gormonal vositalar;
- inyeksion gormonal vositalar;
- bolani ko’krak berib emizish;
- spermatsidlar;
- bachadon ichiga qo’yiladigan vositalar;
- prezervativlar;
- jarrohlik usullari.
Bu vositalarni qo’llashdanoldin shifokorlar bilan maslahatlashib olish lozim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев