"PSJ" klubi "Real Madrid"dan Anxel Di Mariyani xarid qilish uchun Italiyalik xavbek Marko Verattini ham transferga qo'shishi mumkin. Parijliklar Di Mariyani 10 million yevro evaziga ijaraga olib Marko Verattini ham qo'shib bermoqchi. Veratti Karlo Anchelottining eng sevimli shogirdlaridan biri. Parijliklar moliyaviy fair-play qoidalarini buzmaslik uchun Di Mariyani ijaraga olmoqchi. Biroq bugun tarqalgan xabarlarga ko'ra "Parij" Urugvaylik hujumchi Edinson Kavanini sotishga qaror qilgan. Har holda "PSJ"ning mehmon formalarini tanishtirish marosimida Kavanining sur'ati olib tashlandi.
Xuddi shunday vaziyat o'tgan yili Garet Beyl bilan bo'lgan edi, unda sal boshqacharoq Beylning sur'ati "Tottenxem" rasmiy twitter sahifasidan olib tashlangan edi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев