Yaqindagina turmush qurib Baxtli
hayot sari qadam qo'ygan ikki
sevishgan Bahrom va Dilfuza o'zlari
orzu qilganidek shinamgina hovliga
ko'chib o'tishdi. Bir qaraganda
hammasi risoladagidek edi qo'shnilari
yoshi 50 larga borib qolgan Akmal
aka va
Gulzoda opa bilan tanishib olishdi
ularning yakkayu yolg'iz farzandlari
qizi Ismigul 3 yildan beri dom
daraksiz yo'qolgandi . Shuncha
surishtiruvlar izlashlar foydasiz qiz
yeru ko'kda yo'qdek edi go'yo.
Oradan 2-3 oy o'tdi ,ammo kunlardan
bir kuni yarim kechada uhlab yotgan
Bahrom negadir tasodifan cho'chib
uyg'ondi.
Shundoqqina Hovlida yonib turgan
chiroqning nuri xonaga tushib turardi.
Chiroq negadir o'chib qoldi Bahrom
chiroq o'chgandir deb o'ylab endi
uyquga ketgandi chiroq yana yondi.
Hovlidagi chiroqni xuddi kimdir atayin
o'chirib yoqyotgandek tuyuldi ammo
uyda Bahrom va Dilfuzdan boshqa
xech kim yo'qku Bahrom hovliga
chiqdi hovlida oppoq kiyingan chiroyli
qiz ungaqarab turardi. Bahrom tushim
deb
o'ylab ko'zlarini qayta qayta
ishqaladi, ammo bu tush emas
o'ngida sodir bo'layotgandi. Oppoq
libosdagi qiz
Bahromga nimanidur so'zlamoqchidek
tikilib turdi. Qiz ko'zlarida qandaydir
mayuslik bor edi. Qiz Zum o'tmasdan
hovlidagi daraxtlar tomonga yurdi va
g'oyib bo'ldi. Bahrom bu holatga
tushuna olmas, ammo bu voqeani
xech kimga aytmadi hattoki xotiniga
ham...
Oradan bir kun o'tdi. Bu kecha ham
xuddi shu holat takrorlandi qiz yana
keldi qizning mungli
ko'zlarida yosh bordek edi. Tong
otdi . Bahromning
Xotini Dilfuza Homilador Bahrom qizni
ko'rib Dilfuza qo'rqmasin deya
Dilfuzani onasinikiga 3-4 kunga
yubordi.
Bahrom ertalab ishga otlanayotganida
qo'shnisi Qari kampir Saodat
momoning gapi uni e'tiborini tortdi .
Saodat momo kecha Bahromning
hovlisi devoridan oppoq kiyingan bir
qiz oshib tushganini ta'kidladi. Va
Bahromga "xotiningiz ketib qizlar
bilan ko'ngilxushlik qilyabsizmi?"
degandek ilmoqli qarash qildi.
Bahrom hovlisi devoriga qaradi bu
devordan qiz bola tugul o'g'il bola
ham oshib o'tolmaydi, devor juda
baland demak qiz oddiy inson bolasi
emas....
Bahrom o'ylab qoldi . Demak qiz bir
unga emas hammaga ko'rinar
ekan ....
" bu yerda qandaydir sir bor. ..."
Bahrom ishdan keldiyu uyida
qandaydir sir borligini sezib
hamayoqni tekshira boshladi .
Nogahon
hovlidagi ochiqlikda yotib qatib
ketgan sement orasidagi qop qora
sochga ko'zi tushdi va uni tortdi soch
uzunlashib borardi ....
Qo'rqib ketgan Bahrom tez militsiyaga
qo'ng'iroq qildi va ular sementni
maydalab tuproqni kovlashdi u
yerdan qo'shshnilari Akmal aka va
Gulzoda opaning endigina o'n
sakkizga ham kirmay nobud bo'lgan
qizlari Ismigulning jasadi topildi.
Tezkor surishtiruvlar natijasida 3 yil
avval Bahrom sotib olgan hovlida 2
mardikor yigit ishlagan ular qo'shni
go'zal qiz Ismigulni uyida xech kim
yo'qligidan foydalanib uyga ovqat
isitib bering degan bahonada
chaqirishgan.
Mehribon , xali yomonlik neligini
bilmagan Ismigul qöshni uyga
chiqadi. Bechora Ismigulni
zo'rlashgan... Bundan xech kim Xabar
topmasin deya qizni o'ldirishib
ko'mishgan va vaxshiylarcha ustiga
sement to'kib yuborishgandi. .....
Jinoyatchilar melisiya tomonidan
topildi .Yigitlarni ikkisini ham uzoq
muddatli qamoq jazosiga hukm
qilishdi.
Bechora Ismigulning Ota onasi
qizlarining o'limini eshitib dod faryod
solishdi. Ular 3 yil qizlarini umid bilan
kutishdi, uni qaytishiga ishonardilar
ammo endi o'sha umid ham
so'ngandi...
O'sha o'sha bu hovlida Ismigulning
ruhi kezmaydigan bo'ldi Ismigulning
jasadi ko'milgandan so'ng uning
bezovta ruhi ham
taskin topgandek edi go'yo...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1