"HAYOTIMIZDA ENG MUHIMI BU BAHTIMIZDIR"
Nega insonlar tinch bahtli yasholmaydi? nega kechirimli emas bu insonlar? bir hatoni deb ikki tomon bahtsiz bo'lsaya, nega hamma bahtsiz?? ahir hammasi o'zimizni qo'limizdaku! iltimos meni bo'lmasa ham boshqa sevishganlar sevgilingizni kechiring, tezroq yarashing...
Sevgini o'rnini boshqa insonlar egallashi mumkin, siz biror kimni sevasiz to'g'rimi? uni o'rnini boshqasi hop sizdan yoshi katta bo'lsin sizdan boy bo'lsin lekin kimdur bormi sevgan insoningizni o'rnini bosa oladigan? ha albatta bor! demak Hayotda yolg'on sevgilarni bemalol shunday ayirsa bo'ladi, haqiqiy sevgilarni ham!
Do'stlik - kuchli tuyg'u, lekin undan ham kuchli tuyg'ular juda ko'p va do'stingiz sizga shu sabab dushman bo'lib qolsa hafa bo'lmang.
Mehrni xohlaysizmi? qo'rqmang, sizni har soniyada eslashadi, sizni kamida 1000 ta inson taniydi-ya? qarindoshlar, maktab, kollej, qo'shnilar va hk, sizni ko'p eslab turishadi, sizni hayotingiz ko'pchilikka qiziq.
Shunday fikrlarni ko'rdimki, bitta fikrda qarama qarshi fikrlar bor
Hursandchilik ko'proq yomonlik tarafida
Yurakda g'urur bo'lmaydi, u sevgi tomon talpinadi, talpinaveradi.. Biz esa aqlimiz bilan uni chegaralab qo'yamiz, agar yomon javob olsa shunday hafa bo'ladiki.. lekin tez unutadi va yana talpinishda davom etadi bizning kichik yurak...
Yuraklarga achinaman, har soatda uni kimdur hafa qiladi, hursandchilikdan hafa bo'lishi ko'proq, hechnarsa u xohlagandek emas!
Barcha insonlarni senga bo'lgan munosabati yaxshi bo'lmaydi, sen senga yaxshi munosabatda bo'ladiganlar bilan birga bo'l.
Insonlar qayerda kulish va qaysi vaqtda yig'lashni aniq bilishmaydi, va undan xato foydalanishadi!
Bazida siqilish ham yoqimli...
Senga aloqasi yoq hursandchilikdan o'zingni achchiq bo'lsa ham qayg'uying yoqadi.
Bahtlilar bahtsizlarga yordam berishni xohlaysizmi? Bahtsiz bo'lib qolmang!
Bizni bahtsiz qiladigan bunday aqlni nima keragi bor!??
Sizni bahtli qilmaydigan ishni bajarmang, nima qilsangiz bahtli bo'lasiz? shu ishni qiling! shunda bahtli bo'lasiz.
Baht u inson bilan yaqinlikda emas, u insonni borligida..
Biz ko'pchilikmiz, lekin birlashib yashashni bilmaymiz, ex o'ylab ko'ring shuncha odam, qanchalar bahtli bo'lishimiz mumkin edi, Siz bugungi rejangizni hech bo'lmasa bir kishiga aytasizmi? yoq!
Yurak haqiqiy sevgi bo'lmasa ham ishonadi, u bilib turadi lekin yuragimiz aqlimizdan ko'ra yaxshi, aql bizni juda yomon insonga aylantirib qo'yadi!
Aql o'zingdan fikr qo'shmasdan yurakni o'ylashiga halaqit qilma, u senga yaxshi bo'lishi uchun ham hizmat qiladi!
Sevgilingiz tashlab kettimi? endi u bilan yarashmang, baribir u bilan bahtli bo'lolmaysiz, chunki u sizni sevmaydi.
Yurak aqlni tez tez urushib turadi nega bunday qilding deb, siz o'zingizni o'zingiz urushasizku to'g'rimi? shunda yurak aqlni urushgan bo'ladi.
Kulib haqiqatni aytishni iloji yoq, chunki haqiqat kulgili emaski kimdur uni sizga aytib kulsa!??
Aql o'ylasin yurak uni tekshirsin va baland ovozimizda gapiraylik.
Bizni tilimiz, yuz tuzilishimiz, bo'yimiz emas aqlimiz bahtsiz qiladi!
Kulib turganda ko'zi juda hafa bo'ladiganlar ko'p.
Yurak oddiy sababga ham bahtli bo'ladiku nima keragi bor uni hafa qilib?
Vaqtga emas reja daftaringizga qarang!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2