Men o’rnimdan turib ust
boshimni qoqdim- da,umumiy zal
tomonga qarab qadam
tashladim.. U yerda hamma o’zini
ishi bilan band..Kimdir polni
tozalamoqda,kimdir karta
tashiyapdi..Yana kimdir nima
bilandir band..Menga hech kim
e’tibor qilmayotganiga ishonch
hosil qilgach..Zalning burchak
tomonida o’tirgan giyohvandlarni
davrasiga qarab yurdim.. Ular bir
burchakka qisinib
o’tirishvolib,qaysi doza zo’rligi
haqida gaplashishar edi.. -
Og’ayni,kechagi "pakana”berib
yuborgani,zo’r ta’sir
qilarkan..Rosa mazza qildim
lekin… -Nima deganing u dozaga
haligindan aralashtiradi..Menga
unchalik ta’sir qilmadi.. Hullas
shunga o’hshash gaplar edi..Men
biroz quloq solib ularni kuzatdim..
Anchagina suhbatlashgandan
so’ng esa ular birma bir tarqay
boshlashdi..Dozani esa sap
sariqdan kelgan ozg’inrog’I
tarqatar edi..Ular esa undan
"mol”ni olib yenglari ichiga
yashirgancha o’z kameralariga
qarab ketishar edi.. Ular tarqalib
ketgach esa.men aynan shu sariq
yigitni yoniga kelib o’tirdim..
Mening "sertakalluf”ligimni
ko’rgan haligi yigit menga savol
nazari bilan qaradi.. Men u
tomonga engashib,pichoqni
ko’kragiga sekin tiradimda
dedim.. -Senga boss dan
salom..O’zing yahshi bilasan..Unga
doza kerak..Agar bermaydigan
bo’lsang hozir ichagingni
boshingga salla qilaman dedim
Uning rangi oqardi..So’ng esa
meni pichog’im tig’ini surib
qo’yib,”boss ni hizmatini
qilamiz”dedi a,cho’ntagidan
kichkina qilib qog’ozga o’ralgan
dozadan berdi..Unga qo’shib
yonida bitta sigaretasi ham bor
edi… Men yulqib qo’lidan
oldimda..Sekin o’rnimdan turib
hojatxona tomonga qarab
yurdim.. Hojatxonaning qo’l
yuvadigan honasiga kirib yuz
qo’limni yuva boshladim..SHu vaqt
orqamdan kimnidir qadam
tovushi eshitildi.. Ortimga
qarashga ulgurmadim..Haligi
bossning baquvvat yigitlaridan
biri kuchli qo’llari bilan meni
buo'g'ib devorga tiradi.. -
Sen,pastkash qachondan beri
bossning ishongan tog’I bo’la
qolding-a?! Men hirillab javob
berdim.. -Hozir men qiladigan
ishni,har holda sen qila
olmaysan.. -Hali bitta "chekish”ga
xo’jayinni nomini sotadigan
bo’ldingmi…Seni o’ldiraman … U
so’kinib meni yanada qattiq bug’a
boshladi..Endi menda yakka
yo’ldan boshqa iloj yo’q edi.. Men
cho’ntagimda yashirgan xanjarni
amallab olib uchi bilan
oldimda..Uning naq ko’kragiga
sanchdim..Uning qo’llari beixtiyor
bo’shasha boshladi..Meni itarib
yuborishga harakat qildi..Bu
orada esa men pichoqni burab
tortib yuborishga ulgurgan edim..
U so’kingan ko’yi polga
yiqildi..Men esa ustimdagi qon
tekkan kiyimimni darrov yechib
suvga tashladim-da,eshikni yopib
uning cho’ntaklarini tintiy
boshladim.. Undan esa menga
kerakli narsalar..”piska”,ozroq
narkotik va xokazolar chiqdi..
"ablah,meni kuzatib yurgan
ekan..”deb qo’ydim o’zimga…
Kiyimdagi qon yuqini yuvib
oldim..Bahtimga bu orada
hojatga hech kim kirmadi..Uni
ustimga kiydim-da,tashqariga
chiqdim..Shoshib yerga
qaragancha..Kameram tomonga
qarab yura ketdim..Yo’l
yo’lakay,haligi barzangining
sherigi turadigan kameraga ham
kirdim..U yerda hech kim yo’q
edi..Hammasi tashqariga chiqqan
shekilli,yotoq bo’sh edi..Men sekin
yotoqqa kirib qo’limdagi qon yuqi
bo’lgan pichoqni uning yotadigan
o’rniga,ko’rpani ostiga qo’ydim..
Kameramda bamaylihotir yotar
ekanman..Men bundan keyingi
qiladigan ishlarim haqida o’ylar
edim..Oradan 2 soatlar vaqt o’tib
qamoqning ichi to’s to’polon
bo’lib ketdi..Men huddi hech
narsadan behabar
odamdek,bamaylihotir
kameramdan chiqib kuzata
boshladim, Barcha mahbuslar
qo’lidagi narsalarni panjaraga
urib hayqirishar..Ularning qonga
tashna qip qizarib ketgan
ko’zlaridan esa o’sha odamni
o’zlari o’ldirmagandan achinish
hissiga o’hshash narsani payqash
qiyin emasdi.. Ular tinimsiz
qichqirishar "Oldir..O”ldirish
kerak edi”va shunga o’hshash
hayqiriqlar mujassam edi..Men
ham ularga qo’shilib shunday
qichqira boshladim.. Qamoqhona
hodimlari…Bir to’da bo’lib
qo’lidagi rezina tayoqchasini
o’qtalgancha hammani kameraga
kirgazib qo’yishdi..Endi esa
navbat tintuvga edi..Men aynan
shu jarayonni kuzatmoqchi
edim..Hamma kameraga hodimlar
bir boshidan kirib chiqa
boshladilar..Mening kameramga
navbat keldi..Men bamaylihotir
ularni kuzatdim..Tabiiyki mening
kameramdan ular hech vaqoni
topa olishmadi..Oradan 20
minutlar vaqt o’tgach esa haligi
kameraga navbat keldi..Birdaniga
meni kameram oldida turgan
qo’irqchi yugurib o’sha kamera
tomonga qarab keta
boshladi..Birozdan so’ng esa
barzangi sherigini qo’llarini
orqaga qayirgancha olib o’ta
boshlashdi..Mening kameram
oldiga kelganda to’xtadi va
menga qarab”xezalak”degancha
menga tupurib o’tib ketdi.. Men
esa uning ortidan qichqirdim
"jahannamda ko’rishguncha”…?!
Uni izolyatsyaga tashlashdi… Men
kutgan vaqt o’ta
boshlagan..Aynan men
istagandek hammasi reja
bo’yicha ketayotgan
edi..Maqsadim sari esa atigi
sanoqli odamlar qolgan edi
holos… Umimiy zal bo’ylab yurar
ekanman..Ko’zim haligi men
"sotqin”deb hisoblagan haligi
bangiga ko’zim tushdi..Men uning
yoniga borib bo’ynidan bug'dim..
-Sen hali meni,nimalarga qodir
ekanligimni "hit”lamading chog'I
patsan..!! dedim jahl bilan.. -
Uzr,meni kechir iltimos..Men seni
bilmagan ekanman..Ruhsat ber
aytgan narsangni muhayyo
qilaman..dedi qaltirab… -
Shuuuuu…seni o’ldirib
qo’yaqolsam balki yahshi bo’lar
deb o’ylab qolaman..dedim uning
oqarib ketgan yuziga qarab… -
Itimooos..unday qilma…Hali senga
ko’p kerak bo’laman..U tiz
cho’kkudek bo’lib menga yalina
boshladi… Men esa uni o’zimcha
"kechirgan”kishi bo’lib unga
qatorlashtirib talabimni qo’ya
boshladim… U esa kerakli
topshiriqni olib..Menga kutib
turishimni aytib kamerasiga
zippillab keta boshladi.. Uni kutib
turishni foydasi yo’qligini
sezib,uni ketidan asta kuzata
boshladim.. Huddi o’ylaganimdek
bo’lib chiqdi..U kamerasiga kirib
ketdi..Ha degancha chiqa
olmaganida nimadir
bo’layotganini "hitladim”…
Kamerada nima qilayotgan ekan
deb sekin mo’ralagan edim..U
ko’rpalari ostidan nimanidir
qidirayotganiga ko’zim tushdi.. -
Sennnn…itvachcha..meni
aldayman deb o’ylagan edingmi?!
Men uni bo’ynidan ushlab
bug'ishga harakat qila
boshladim..SHunda u ortiga
birdan o’girilib qo’lidagi piska
bilan tomog’imga chang
soldi..Men epchillik bilan boshimni
yuqoriga ko’tarib o’zimni olib
qochganim uchun piska
ko’kragimni kesib o’tdi..Uning
qo’li muvozanatni yo’qotganidan
foydalarnib uni oyog’idan
mahkam ushlab yerga
yiqitdim..Qo’lidagi piska uchib
ketdi..men esa uni jazavaga
tushgancha savalay
boshladim..Qon meni quturtirib
yuborgan edi.SHuning uchun
bo’lsa kerak mendagi cheksiz
kuchning oldida,qurib bitgan
bangining harakatlari bir pul
edi..Men uni o’lguncha urdim..U
jimib qoldi..Uning o’lgani aniq
edi..SHuning uchun uning
tanasini devorga suyadim-
da,uning choyshabini
bog’lab,yuqoridagi beton
quyilgandan so’ng qoldiq bo’lib
qolgan armaturaga osib
qo’ydim..Bahtimga bu vaqtda
barcha mahbuslar..Hovlida
ishlayotgan edi..Men ishimni
bitirib bo’lgach..Yana kameramga
qaytdim.. Qilgan ishimdan
mamnun edim,chunki yana bir
dushmanimni tinchitgan edim..
Quyoshning zarrin nurlari
qamoqhonani tark eta boshladi…
Kun kech bo’ldi..Kameramda
boshimni yostiqqa bosgancha
kuta boshladim..
(Davomi bor)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9