QISMLAR)
Mashinada tahminan 2 soatlar
yo’l yurdik..Nihoyat yo’l ustida
belgiga duch keldik..Yo’l
belgisidagi aynan bizga kerakli
yozuv bor edi "Rossiya 340km”
Shu tahlid qandaydir viloyatga
kirib keldik..Atrof sokin,qumchil
sahro..Kuni bilan ichiga yig'gan
issiq haroratini atrofga purkar
edi.. Yo’l ustida joylashgan
zapravka yaqinida
to’htadik..Ikkalamiz mashinadan
tushib,panaroq yotishga joy izlar
edik..Chunkii mashina havfli
edi..Men sezib turardim,haligi
barzangi allaqachon militsiyaga
habar bergani kundek ravshan
edi.. SHu sababli bo’lsa
kerak,mashinani darhol
alishtirib,Bu hududlardan yiroq
ketishni istar edik.. Shu tahlid
biroz yurgandan so’ng
qarshimizdan vayronasifat,odam
yaqin o’rtada yashamagan bo’lsa
kerak,kimsasiz bo’lgan kulbaga
duch keldik.. Ikkalamiz 3 honadan
iborat bu kulbani ko’zdan
kechirib chiqdik.. Qiyshayib
ketgan kravatning ustki qismini
topib oldik..Ikkalamiz uni bir
amallab tagiga o’sha artofdagi
g’ishtlardan suyagich
qilib,o’zimizga joy hozirladik..Ravil
ichkaridan uvadasi chiqib ketgan
ko’rpacha topib chiqdi..Biz o’sha
yerda dam olishga tushdik.. Tong
otdi..Ko’zimni ishqalab,avvaliga
qayerda yotganimga tushunmay
atrofga alangladim..So’ng esa
kechagi voqelarni
eslab..O’rnimdan
qo’zg’oldim..Ravilni turtdim.. -Tur
tezroq..Vaqt ziq..Bu yerda ko’p
qola olmaymiz.. Ravil erinib ko’zini
ochdi-da… Biroz shu tahlid o’tirib
qoldi..Bunday muttasil qochib
yurish ikkimizni ham holdan
toydirgan edi,buni ustiga qorin
o’lardek och edi… Ravil ikkalamiz
o’rnimizdan turib..Yegulik qidirib
tashqariga chiqdik.. Uyni tomiga
chiqib atrofga qaramochi
bo’ldim..Biroq uy past bo’lganligi
sababli..Bu yerdan biror nimani
ilg’ash qiyin edi..Yon tomonda
qandaydir,eski,buzilib
harobazorga aylangan zavodni
qoldiqlariga ko’zim tushdi..Uni
osmonga qadalgan vishkasi
qolgan edi.. Men o’sha vishkaga
yo’l oldim..Uni ustiga ko’tarilib
atrofga qaradim..Bu yerdan atrof
kaftdek ko’rinar edi..Ko’zim bilan
kechagi mashinamizni qidira
boshladim.. Uzoqdan unga ko’zim
tushdi..Qaradim-u,taxtadek qotib
qoldim.. Chunki mashina
atrofida,militsiya hodimlari
yurishardi.. Men shoshib pastga
tushdim..Ravil tepada men
ko’rgan narslardan butulay
behabar menga qarab tirjayib
turardi.. -Narsalarni tez
yig’ishtir,bu yerdan ketishimiz
kerak dedim -Tinchlikmi nima jin
urdi seni..?!Ravil hayron bo’lib
menga qaradi.. -Orqamizdan
"hit”lar yurishibdi..Tez ketmasak
ikkimiz ham tamom bo’lamiz
dedim.. Ikkalamiz yugurgan kuyi
haligi kulbaga bordik-da
narsalarni apil tapil
yig’ishtirib,uylarni panalab qocha
boshlik..Meni boya tepaga
chiqganimda nariroqda,qabriston
borligini ko’rgan edim..Mening
mo’ljalim o’sha yer edi.. Yo’lda
bahtimizga hech kimga duch
kelmadik.. Qabriston… Yakkam
dukkam,qurib qolay degan
darxltlar,ortidan sag’nalar viqor
bilan boqib turar edi… Qabriston
markazida esa
qorovulhona,qorovulhona ortida
esa baland,baland sag’nalar qad
rostlagan edi.. Ikkalmiz
qorovulhona tomonga
yugurdik..Qorovulhonada odam
yo’q edi..Lekin u yerda kravot, Eski
televizor,va yotoq ko’rpa yostiqlar
borligi..Hali zamon kimdir kelib
habar olishidan dalolat berar
edi..Nima qilarimni bilmay o’sha
yerda turib qoldim.. -Tezroq
ichkariga kirsakchi,nimaga
turibsan? Ravil meni shoshira
boshladi.. -Bu yerga
yashrinsak,bizni 2 sekundda
topib olishadi ahmoq..?!Unga
qarab o’shqirdim.. -Unda nima
qilamiz?!Tezroq
berkinmasak..Hammasi bir pul..!!
Men atrofga qaradim..Ko’zim
qabriston ichkarirog’ida baland
qilib qurilgan sag’naga
tushdi..Aftidan badavlat
odamning qabri
shekilli.to’rtbuchak shaklida qabr
ustiga sag’ana qurilgan..Uni uchi
g’ovak ekanligi kundek ravshan
edi.. -Tez belkurakni ol..!!dedim
Ravilga qarab.. U menga hayron
bo’lib qaragancha,ichkaridan
belkurakni olib chiqdi.. Uni
qo’lidan tortib sag’nani tepasiga
boshlab bordim.. -Sag’ana
devoriga qo’yilgan g’ishtni qo’por
tezroq ! dedim -Nimaaaaa?
Qabrga yashrinamizmi?Jinni
bo’lganmisan..? -Nima,endi ziyoli
bo’lib qoldingmi?Shuncha
odamni o’ldirganmiz.. Endi qabr
senga qo’rqinchi bo’lib qoldimi..?
Sen bilan biz e’tiqodi
o’sha..Birinchi qotillik kechasida
yo’qotganmiz… Narigi dunyoda
baribir jahannam otashida
yonishimiz aniq..!! Bo’l tezzzz..!!
dedim Ravilga qarab U
indamasdan..Gishtlarni qo’pordi..
Ikkalamiz bukchayib tuynukdan
ichkariga tushdik..Qabr ayvoni
ustiga qo’yilgan ekan
sag’ana,bahtimizga.. Ichkariga
kirib qabrni yahshilab tepgan
edim..Qabr usti
qo’porilib..ichkariga quladi… Biz
ikkalamiz qabr ichiga
tushib,o’rnashib
oldik..Qo’porilgan g’ishtlarni esa
ustimizdan sag’ana tuynugiga
nomiga terib qo’ydik.. Ichkari
g’oyatda qorong’u edi..Havo kirib
turishi uchun g’ishtlar ostidagi
tuproqni qo’lim bilan ozgina
surib tuynuk ochib qo’ydim..
Ikkalamiz miq etmasdan kuta
boshladik…Ravil harsillab nafas
olar,men esa endi nima qilishimiz
to’g’risida o’ylardim.. Kun botar
mahal bo’ldi… Ikkalamiz ham
ochlikda o’lar holatga
keldik..Militsiya harqalay bu
tomonga kelmadi..Qabrlardagi
o’liklar esa doim sukutda bo’lgani
bois,qabristonda pashsha uchsa
eshitulgudek sukunat hukmronlik
qilar edi..G”ishtlar oranisi qo’lim
bilan surib tun bo’lishini
sabrsizlik bilan kuta boshladim..
Bu orada qorovulxonaga kirib
ketgan allakimning sharpasi
eshitildi..Biz tushunmaydigan
tilda sherigiga allanimalarni aytib
chiqib ketdi..Uni yuzi menga
ko’rinmadi..g’ishtlar orasidan uni
faqat oyog’I ko’rinib turardi.. -
Og’ayni qornim,piyoz po’sti bo’lib
ketdi..Tezroq tashqariga
chiqaylik…Ravil harhasha qila
boshladi.. O’zi asabim buzilib
turgan payti uni harhashasi
ortiqcha edi.. -Hech yoqqa
ketmaymiz,ana qo’rning ochgan
bo’lsa ertaga svejey jasad olib
kelishar ekan,o’shani mazza qilib
yeysan…dedim jahl bilan.. U jimib
qoldi… Kutaverib oyoqlarim
chigallashib ketdi..shu vaqt
Oyog’im ostiga nimadir bota
boshladi..Engashim nima
ekanligini bilish uchun qo’limdagi
zajigalkani yoqib o’sha yerga
tutdim.. Qachonlardir ko’milgan
murdaning bosh suyagi,tilla
tishlarini irjaytirgancha oyog’im
ostida yotar edi. Men suyakni
qo’limga olib yahshilab
qaradim..U suyak ancha oldin
ko’milgan shekilli miya suyagini
yahshiroq siqqan edim qo’limda
maydalanib faqat tilla tishlari
qo’limda qoldi.. Ravilga qarab
ma’noli tirjaydim.. -
Mana,ko’rdingmi?! Odam
o’lib,chirib ketgan bo’lsayam
uning tillalari qolayapdi..
Ahmoq..!!Bu yerda puli bor
odam,har narsaga qodir kuch
qudratga ega bo’ladi.. Ravil jim
bo’lgancha meni tinglardi..
Nihoyat kun botdi..Qabristonda
hech kim yo’qligiga ishonch hosil
qilgach..Tashqariga sudralib
chiqdim..Toza havodan ko’ksimni
to’ldirib nafas oldim..
Qorovulhona tomonga qarab
yurdim..Ortimdan Ravil engashib
olgancha kelar edi..
Qorovulhonada harqalay qotgan
qutgan non topildi..Qotgan nonni
tuproq aralash qo’llarim bilan
og’zimga solar ekanman,o’zimni
huddi hayvondek his eta
boshlagan edim.. Mendagi insoniy
hislatlar butkul yo’qolib
ketgandek edi go’yo..! Ravil
ikkalamiz baholi qudrat "Kechki
ovqatni tanovvul qilib
bo’lgach,Qabristondan chiqib
qishloq tomonga yurdik.. Biz
ikkalamiz,haligi nonlarga qanoat
qilmagan edik,biz uchun yegulik
hozir har qanday jonzodning
hayotidan- da,muhimroq edi..
Mening ko’zim pastqam
ko’chalarning o’rtarog’ida
joylashgan,bir uyga tushdi..Uydan
hira fonus nur sochib turar edi..
Men o’sha yerda kimdir borligiga
ishonchim komil harholda o’sha
tomonga yo’lni burdim.. Uy
pastak devor bilan o’ralgan
bo’lib,u yerga bemalol oshib
o’tdik..Ichkaridan hech qanday
sas-sado
bo’lmadi..Ikkalamiz ,sharpasiz
uyni derazalari tomonga borib
ichkariga mo’raladik.. Ichkarida
aftidan yosh kelin- kuyov bo’lsa
kerak bir biri bilan shirin suhbat
qurib o’tirishar edi.. Ikkalasidan
boshqa hech kim yo’q edi uyda…!
Yigit sevgilisini erkalar edi.. -
Jonim,nihoyat bizni Alloh farzand
bilan siyladi,endi hamma
azoblarimiz ortda qoladi.. Ayol
esa,uni so’zlarini rohat bilan
eshitar,va uni bag’riga yanada
suqilar edi.. Men ayolni
homiladorligini payqadim.. Ular
tinimsiz,bir biriga to’yishmas.yigit
ayolni yuzlarini mayin
silagancha,bahtdan sarmast.. Ayol
ham o’z navbatida yigitni
sochlarini ohista o’ynagancha,uni
tizzasiga boshini qo’yib,unga
tikilib to’ymas edi..Ular naqadar
bahtli edilar.. Ushbu holat,menga
o’sha nafasda,Nilufar bilan
kechgan bahtli onlarimni
yodimga solardi..
Bilmadim,nimagadir Nilufarning
hotirasini yodimga solayotgan
edi bu lahzalar.. Bir lahza…!!
Xa..atigi bir lahza nima uchun bu
yerlarda ekanlgimni.. Ne
sababdan..Dardu dunyoimdan
kechgan tuban inson ekanligimni
unutgan edim..Ko’zimdan oqib
tushayotgan yoshlarim
esa,qabrning tuprog’idan iflos
bo’lgan,jirkanch basharamni
yuvgudek darajada
oqar..Hatto..ho’ngramasdim
ham..! Ichimdan otilib chiqqudek
bo’lim,yuragimni yorilgudek
bo’layotgan g’alayon esa,faqat
tanam ichida vulqon kabi
otilar,Ushbu vulqonni tashqariga
chiqarishdan tiyib turgan
tishlarim esa labimni qattiq
tishlar..Labimdan esa qon sizib
chiqardi.. Hayolimni Ravil bo’ldi.. -
Bo’l..!Nima senga bu yer
teatrmidiki,Romeo va Juliettani
tomosha qilasan… Men unga
qarab to’ng’illadim.. -Ishing
bo’lmasin,qara ularning
omborhonasidagi yegulikdan olib
ketamiz.. Ravil ombor tomonga
yo’naldi..Men esa derazaga qarab
so’nggi bor yutundim- da,uning
ketidan omborga qarab
sharpasiz qadam tashladim..
Omborda hartugul,qovrilib
alyuminy flyagaga solib qo’yilgan
g’osht chiqdi.. Ikkalmiz iflos
qo’llarimiz bilan go’shni moyini
oqizgancha o’sha
atrofdagi,eskirib ketgan qopga
tiqdik.. Qopni ko’tarib
chiqayotganimda Ravil menga
qarab -Ularni tinchitib ketamizmi?
Dedi -Bizga yegulik
kerak,tamom..! Ularga agar
barmog'ingni tekkazadigan
bo’lsang,o’zingni teringni shilib
olaman ! dedim U menga
bo’ysindi..Ikkalamiz sharpasiz
holatda hovlini tark etdik…
Qabriston tomonga
engashgancha pisib
ketarkanmiz..Men ortimga qarab
qarab qo’yar,Ko’zimdagi yoshlar
garchi qurib qolgan bo’lsa-
da,qalbim azobdan faryod chekar
edi… Bir amallab qopni
ko’targancha qabristonga yetib
keldik.. -Sen qopni qabrni ichiga
olib kiraver men kerakli
narsalarni olib senga yetib
olaman dedim Ravilga..
Qorovulhonadan 2 ta bolish,2 ta
eski ko’rpacha va daturxonlikka
yaraydigan material topib kelib
qabrga kirdim.. Qarovulhonadan
olgan shamchiroqni yoqdim..Qabr
ichi yorishdi.. SHunda
ko’rdim..Murdaning suyaklari
qabr ichida butunlay sochilib
ketganini.. Ularni yig’dimda
qabrni chetiga qo’ydim..O’rtaga
dasturhonni yozdik..So’ng
ko’rpachalarni baholi qudrat
atrofiga to’shab,bolishga tappa
o’zimni
tashlarkanman..Charchaganimni
his qildim.. Qopni ichidan go’shtni
olib,pala partish og’zimizga solib
kavshay boshladik.. Ovqat yeb
bo’lguncha bir birimizga lom lum
demadik.. Qorin nihoyat
to’ygandan so’ng,Ravil bolishga
o’zini tappa tashlar ekan… -
Og’ayni,mana endi odamga
o’hshab uhlasa bo’ladi,bunaqa
tinch joyni qayerdan topamiz
boshqa,dedi va uyim bo’lgan
suyaklarga qarab qo’lini cho’zdi-
da,ulardan birini olib qo’li bilan
aylantirib o’ynay boshladi… Men
hech narsa demadim..Meni qorin
qayg’usi tinch qo’ygandan so’ng
uhlashni istardim.. Qabr shiftiga
qarab yotar ekanman..Butun
hayol-u,o’yim boyagi juflikni
chehrasida edi.. Afsus bilan,og’ir
tin oldimda uyquga ketdim…
Uyg’onganimda quyosh chiqib
ketgan ekan,qabr ichida bu
narsani ilg’ab bo’lmasligi uchun
g’ishtni tirqishidan qarar
ekanman.. Tashqarida g’ola
g’uvur bo’layotgan edi.. Kimdir
o’lgan shekilli olamon,o’likni
qabrga qo’yishar edi..Ularni
kuzatib biroz yotdim.. Ular uni
ko’mib bo’lgach,fotiha o’qishdi-
da,hamma o’z yumushiga
tarqaldi.. Kechasi yomg’ir yog’gan
shekilli yer namchil edi..Meni
chanqoqlik,bezovta qila boshladi..
Qurigan tomoqlarim bilan
yutunib qo’yishim ham ortiq
samara bermayotgan edi…
Qabrdan boshimni chiqarib
atrofda hech kim yo’qligaga
ichonch hosil qilayotgan
edim..Nariroqdagi qabrni
yuzasiga qo’yilgan 5-6 ta piyolaga
ko’zim tushdi..Kechki yomg’ir
yo’g'ganida piyolalarga suv
to’lgan edi..Engashim yer orqali
emaklab haligi qabr tomonga
yetib oldim-da,suvni yutunib icha
boshladim.. Chanqog’imni
qondirgach esa,yana qabrga
qaytdim..Ravil hamon uhlab yotar
edi..Uni uyg’otgim kelmadi..Biroz
o’ylanib yotdim.”qanday qilib,bu
yerdan qochsa bo’ladi?”bitta shu
savol butun miyamni qamrab
olgan edi.. Ancha vaqt yotgach
miyamga ajoyib bir fikr
keldi..Buning uchun yahshiginia
pul kerakligi,u orqali ketishimiz
mumkun deb hisoblar edim.. Ravil
uyqusirab ko’zini ochdi..Menga
qarab biroz tikilib yotdi.. -Menga
qara Ravil bu yerdan ketishni bir
ilojini o’ylab qo’ydim,u amalga
oshsa biz bu yerdan butkul
ketamiz dedim Menga savol
nazari bilan qarab turar edi..
So’zimda davom etdim -Kun kech
bo’lsin,o’shanda hammasiga
o’zing tushunib olasan…!dedim.
(Davomi bor)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 50