SEVIB
QOLIBSIZKU ISBOTI 15
TA MALUMOTLARDA...???
ღ 1. Kardiogramma natijalariga
ko'ra,
yuragingiz urishi o'zgargan. Bu
o'zgarishga
kasallik emas, kimdir sababchi.
ღ 2. Xayolan o'z familiyangizdan
voz kechib,
ismingiz "u"ning familiyasi bilan
qanday
jaranglashini takror va takror
o'ylayverasiz.
ღ 3. Ijtimoiy saytlarga tez-tez
kirib,
"u"ning profillarida mehmon
bo'lasiz. "U"
haqdagi ma'lumotlarni
uyqudaligingizda
ham aniq aytib berasiz.
ღ 4. Har ehtimolga qarshi
shkafingizdagi
uchta eng chiroyli, bejirim
ko'ylaklarni
yuvib, dazmollab qo'ygansiz.
Birinchi,
ikkinchi va uchinchi
uchrashuvlarga tayyor
turishni ma'qul ko'rgansiz,
shundaymi?
ღ 5. Melodramma janridagi
filmlar,
romantikaga boy asarlarga
befarqligingiz
qayerda qoldi? Endi esa ularni
ertadan
kechgacha tomosha qilishdan,
o'qishdan
charchamayapsiz.
ღ 6. Ijtimoiy saytlarda o'tirib,
"u"ning ismi
yonidagi on-line belgisi qachon
yonishini
kutishdan charchamasligingizga
tasanno.
ღ 7. Sizga o'z ishi bilan
qo'ng'iroq qilgan
yaqin dugonangizga bir soat
davomida
faqatgina bir mavzu - "u" haqda
tinmay
gapirasiz. Xayrlashish oldidan esa
aslida
nimaga qo'ng'iroq qilganini
so'rashingizga
dugonangiz o'rganib qolgan
bo'lsa kerak!
ღ 8. Har doimgidan ertaroq
uyg'onib,
pardoz, turmak va kiyimlaringizga
ko'proq
vaqt ajratayapsizmi? To'g'ri-da,
axir "u"ni
har daqiqada uchratib qolish
ehtimoli bor.
ღ 9. "U" yoqtirgan musiqiy
guruhning
hamma qo'shiqlarini erinmay
birma-bir
eshitib chiqdingiz, to'g'rimi?
Qoyil!
ღ 10. Nutqidagi har bir so'z,
hattoki,
"Salom" ham siz uchun xuddi
xushomaddek
tuyuladi.
ღ 11. Biror tadbir yoki kechada
"u"ni
uchratib qolsangiz, tinchingiz
yo'qoladi. Siz
tomonga qarashini intizorlik bilan
kutasiz.
ღ 12. Uzoq o'ylab, aniq bir
qarorga
kelgansiz: tug'ilgan kuniga, Yangi
yil
bayramiga va tanishgan
kuningizning bir
yilligiga nima sovg'a qilishni
rejalashtirib
qo'yganingizga ancha bo'ldi.
ღ 13. Qisqagina suhbatingiz
davomida
"Ko'rinishim qanday?" degan
savol
miyangizda tinimsiz aylanishidan
hayronmisiz?
ღ 14. Jurnal yoki gazetani qo'lga
olishingiz
bilan, eng avvalo, munajjimlar
bashoratidan
uning burjiga ko'z yugurtirib,
o'zingizniki
bilan bog'laysiz.
ღ 15. Sevgi-muhabbat borasida
gap
ketganda, dugonalaringizning
"oh-
voh"lariga ensa qotirib
o'tirishlaringiz
qayerda qoldi?!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев