Odam Ato boshlab bergan manhajni
Aylagan qabulsiz, yo Rasulalloh.
Tasdiqlab shahodat kalimasini,
Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Me’rojga "marhaba" deb ko‘tarilgan,
Yig‘lagan Musoni ovutib ketgan,
Iysoni eng yaqin birodar tutgan
Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Halilulloh bo‘lmish Ibrohimga ham
Salovat aytishga undagan odam,
"Namoz - ko‘zim nuri" degan so‘nggi
dam
Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Og‘ir yo‘llarda ham bosib ming tikan
Har lahza ummatning qayg‘usin
yegan,
So‘nggi lahzada ham "Ummatim"
degan
Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Ba’zilar sunnatdan voz kechib
ketmish,
Siz aytgan firqalar bo‘ldilar
yetmish...
Bashar garchi turli yo‘llar kashf
etmish,
Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Bilaman, dahshatdir tirilguvsi Kun!
Sizga izn bo‘lgay shafoat uchun,
Tavhidni tutganlar salomat butun...
Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Tinmagay ummatning tilovatlari
Qur’on taratmish xush tarovatlarin.
Allohning salomi, salovatlari
Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Xayrulla Hamidov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев