Nega buncha menga azob berasiz,
Yarim ko`nglingizda hamon yashar u,
Bilaman, haliyam uni sevasiz. Meni yupatsiz, yolg`onlar zanjir,
O`zingizni aldab nima qilasiz,
Qo`ying, hammasini bilaman axir,
Bilaman, haliyam uni sevasiz. Ko`zlaringiz sotqin, dardingiz oshkor,
Ko`ngil qasringizdan meni quvasiz,
Yurak osmoningiz mening uchun tor,
Bilaman, haliyam uni sevasiz. Menga qarab turib o`ylaysiz uni,
Uning yo`llaridan umid uzasiz.
Sizning fojeaga aybim ne meni,
Bilaman, haliyam uni sevasiz. Nima qilay axir, nima qil deysiz,
Orzular yovvoyi kapalaklarim,
Bilaman, haliyam uni sevasiz.
Axir, buning uchun yo`q mening aybim... Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku,
Nega buncha menga azob berasiz,
Yarim ko`nglingizda hamon yashar u,
Bilaman, haliyam uni sevasiz.
Joyladi: Alisher Sirojiddinov | Vaq
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев