jonsiz yotardi tanam!
Dunyolarga sig'masdan,
kuyib yig'lardi Onam!
_____________________________
Kuzatardim samodan,
so'zimni aytolmasdim!
Rosa xarakat qilib,
tanamga qaytolmasdim!
_____________________________
Onam nolalariga ruxim,
berolmas bardosh!
Nega tushunolmasdim,
o'lib ketdimmikan yosh!
_____________________________
Uyimizda dod faryod,
Onamdan uzmasdim ko'z!
Bolam qayoqqa ketding,
faqat azobli ko'p so'z!
_____________________________
O'lganimga ishondim,
Onamni quchdim asta!
Ona bo'ldi kuyunmang
bo'lib qolasiz xasta!
_____________________________
Cho'chib uyg'onib ketdim,
xali chiqmapdi quyosh! Tel.ga sms keldi o'qib,
ko'zga oldim yosh!
_____________________________
...Bolam tushimga kirding,
meni asta quchoqlab!
O'zizni asrang deding,
yurak bag'rimni dog'lab!
_____________________________
Meni axvolim yaxshi,
seni duo qilaman!
O'zingni asra bolam,
seni yaxshi ko'raman!
____________________________
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев