Предыдущая публикация
Yana seni o‘ylab ko‘nglim uvishdi.
Seni olib ketdi qaysi daryolar?
Hamrohing bo‘ldilar qanday
sabolar? Xonamga
nastarin bo‘yi bo‘yladi,
Sochlari rayhonim, seni o‘yladim.
Bo‘ying to‘kildimi olis bog‘larga?
Ko‘ngling ko‘nikdimi qarg‘a,
zog‘larga?
Kaptarlar bir-birin suyib o‘pishdi,
Xayolim sen tomon qush bo‘lib
uchdi.
Sen nechun ketding, men nechun
ketkazdim?
Qanotimga o‘zim shikast
yetkazdim. Deraza raxiga
boshimni qo‘yib,
O‘yladim, yomg‘irsiz o‘tdimi
to‘ying?
Yig‘lamadim, faqat xo‘rsindim
xolos,
Boladek jimgina o‘ksindim xolos.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев