O‘g‘il bolalarning jinsiy rivojlanishdan ortda qolishi ko‘plab kasalliklarning alomati sifatida uchraydigan holatlardan va u ko‘plab kasalliklar natijasi bo‘lishi mumkin. Jumladan, ichki jinsiy a’zolarning tug‘ma nomavjudligi va qator xromosom kasalliklar ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Markaziy asab tizimidagi patologik o‘zgarishlar, jumladan, gipotalamus va gipofiz bezlarining qator kasalliklari ham jinsiy etilishga monelik qiladi. Jinsiy a’zolardagi jarrohlik muolajalari, shikastlanish yoki nurlanish ro‘y berishi, moyak asosining buralib qolishi yoxud bu a’zoning yallig‘lanishi, ya’ni orxit kasalligi ham o‘g‘il bolalar jinsiy rivojiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bizning hududimizda, ayniqsa, «tepki» - epidemik parotit kasalligining salbiy ta’siri salmoqlidir. Jinsiy takomilning me’yorda kechayotgan-ligini kuzatish uchun ota-onalar farzandlarini har yili bir necha bor hududiy shifokor endokrinolog ko‘rigidan o‘tkazish-lari shart. Agar, yuqorida bayon etilgan maktubdagidek vaziyat ro‘y bersa, dastavval rivojlanmaslik sabablari aniqlanadi, so‘ng maxsus muolaja zarur bo‘ladi. O‘smir yigitlarning erlik belgilari uning organizmidagi androgen gormonlarning mikdoriga bog‘liq. Jinsiy noqislik yorg‘oqning kichikligi, tonusi pastligi, moyaklar va prostata bezining rivoji ortda qolishi bilan ifodalanadi. Eng asosiy belgilardan biri olatning etarlycha o‘smay qolganligidir. Quyida jinsiy etuklikning taxminiy, o‘rtacha ko‘rsatkichlarini keltiramiz. Ammo har bir odamning o‘ziga xos individual me’yori ham, mavjud bo‘lib, bu shifokor ko‘rigida aniqlanadi. Me’yorda, olat taranglashmay turganligidagi chegara taxminan quyidagicha bo‘lishi lozim. Olat uzunligi: 8-12 yoshda - 3,5 sm, 13 yoshda - 4,5 sm, 14 yoshda - 8 sm, 15 yoshda - 9 sm, 16-18 yoshlilar va kattalarda 10,5 sm. Olatning aylanasi: 8-12 yoshda - 3 sm, 13 yoshda - 4 sm, 14 yoshda - 4,5 sm, 15 yoshda - 6 sm, 16-18 yosh va kattalarda 6 sm. Bu ko‘rsatkichlar nisbiy bo‘lib, biroz o‘zgarishi ham mumkin. Jinsiy rivojlanishdan ortda qolish yuqoridagi belgilardan tashqari ovoz mayinligi, tanada tuklarning etarlicha emasligi, gavda tuzilishining ayollarga o‘xshab ketishi kabilar bilan ham o‘z ifodasini topadi. Uni o‘z paytida bartaraf etish kelgusida bepushtlik paydo bo‘lishining ham oldini oladigan beqiyos tadbirlardandir.
Jinsiy takomilning ortda qolishiga tug‘ruq paytidagi bo‘g‘ilish (asfikqiya), og‘ir yuqumli xastaliklar, bosh-miya shikastlari, og‘ir toksikozlar va boshqa turli intoksikaqiya holatlarining homiladorlik paytida ro‘y berganligi ham sabab bo‘ladi. Alimentar distrofiya, ya’ni oziq moddalar etishmasligi bois ozib-to‘zib ketish yoxud aksincha o‘ta semirib ketish ham jinsiy rivojga aks ta’sir etadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1