Qiz bola bilan o‘g‘il bolalar, birinchi
navbatda, avratlari, jinsiy a’zolari bilan farq
qiladilar. Jinsiy a’zolar — nayel, zurriyot
qoldirish a’zolaridir. Bunday a’zolar ichki va
tashqi a’zolarga bo‘linadi. Ichki jinsiy a’zolar
endokrin (tirik orga-nizmni boshqaruvchi)
apparat funksiyasini ham bajaradi; ular erkak
va ayollarga moye jinsiy gormonlar ishlab
chiqaradi. Bu gormonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qonga tushib, shu jinsga xos ikkilam-chi jinsiy
belgilarning o‘z vaqtida yuzaga kelishi va
organizmda fiziologik jarayonlarning
maromida kechishini ta’minlaydi. Qizlarning
ichki jinsiy a’zolari qin, bachadon, uning
naylari (tuxum yo‘llari) va tuxumdondan
iborat. Qin — naysimon, muskulli, elastik a’zo
bo‘lib, qizlarning qizlik pardasi-dan boshlanib,
bachadon bo‘yni yopishadigan joyda tugaydi.
Qiz bolalarda qin teshigi yupqa parda (qizlik
pardasi) bilan beki-lib turadi. Parda o‘rtasida
kichkina teshik bor. Birinchi jinsiy aloqada
qizlik pardasi yirtiladi. Qin shirasi (sekreti)
oqim-tir, o‘ziga xos hidli bo‘lib, qin shilliq
pardasini ozgina namlab turadi. Sog‘lom ayol
qin chiqindilarini sezmaydi. Bachadon — toq,
kovak a’zo bo‘lib, muskullardan tuzilgan, u
kichik chanoq bo‘shlig‘ida qovuq bilan to‘g‘ri
ichak orasida joylashgan, shakli nokka
o‘xshaydi; homila shu yerda yetiladi. Uning
yuqoriga qaragan tubi, kengroq qismi — tanasi
va torroq bo‘yin qismlari bor. Bachadon
bo‘shlig‘i uchburchak shaklda bo‘lib,
bachadon bo‘ynining kanaliga o‘tadi. Uning
ustki ikki yon burchaklaridan bachadon naylari
(tuxum yo‘llari) boshlanadi. Bachadonning
hamma qismlari oldindan orqaga tomon
yassilashgan. Uning devori ichki — shilliq
qavat (endometriy), o‘rta — muskul qavat
(miometriy) va tashqi — seroz qavat (qorin
pardasi — perimetriy)dan iborat; shilliq qavat
esa epiteliy va qon tomirlardan tuzilgan.
Atrofi-dagi to‘qimalar parametriya deb
ataladi. Bachadonni katta- kichik bir necha
boylam va chanoq tubining muskullari o‘z
o‘rnida ushlab turadi. Homiladorliqda muskul
tolalarining yo‘g‘on tortishi va yangi tolalar
paydo bo‘lishi hisobiga bachadon
kattalashadi. Bachadon naylari — tuxum
yo‘llari yoki fallopiy nayi deb ham yuriti-ladi;
juft a’zo. Uning bir uchi bachadonga tutashsa,
voronkasimon kengaygan ikkinchi uchi
tuxumdon yuzasida qorin bo‘shlig‘iga
ochiladi. Tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra
shu naylardan bachadonga o‘tadi. Bachadon
naylarining peristaltik harakati tufayli tuxum
hujayra bachadon tomonga harakatlanib
boradi.
Qizlarning tashqi jinsiy a’zolariga qov, katta
va kichik jinsiy (uyatli) lablar, klitor, qin
dahlizi va Bartolin bezlari kiradi. Tashqi va
ichki jinsiy a’zolar o‘rtasidagi chegara qizlik
pardasidir. Qov — qorin old devorining eng
so‘nggi qismi; terisi jun bilan qoplangan.
Katta jinsiy lablar ikkita teri burmasidir, ular
oldingi tomonda qov terisiga o‘tadi, orqa
tomonda esa sekin-asta torayib, pastga
tushadi; o‘rta chiziqda bir-biriga qo‘shilib,
orqadagi bitishmani hosil qiladi. Katta jinsiy
lablar sirtiga balog‘atga yetgandan boshlab
jun chiqadi, unda teri va yog‘ bezlari bor,
ichki yuzasi nozik pushti teri b-n qoplangan.
Katta jinsiy lablar orasidagi kamgak — jinsiy
yoriq deyiladi. Katta jinsiy labning pastki
qismida qin dahlizining katta bezlari —
Bartolin bezlari bor. Kichik jinsiy lablar —
uzunasiga ketgan teri burmalarining ikkinchi
jufti katta jinsiy lablarning asosi bo‘ylab
yotadi, unda qon tomirlari va nerv oxirlari
ko‘p. Klitor — rudimentar a’zo, kovaksimon
tanadan tuzilgan, qon tomirlari va nervlarga
boy, terisida nerv oxirlari ko‘p. Klitor — jinsiy
his a’zosi. Qin dahlizi — oldingi tomondan
klitor, orqa tomondan katta jinsiy lablarning
orqadagi bitishmasi, ikki yon tomondan kichik
jinsiy lablarning ichki yuzasi bilan
chegaralangan. Qin dahliziga siydik chiqarish
kanali (uretra) ochiladi.
Qizlar jinsiy a’zolari ancha nozik bo‘ladi.
Ko‘pincha qiz bolalar balog‘at yoshida
gavdasiga qarab, tana a’zolarining kuch-
quvvatini e’tiborga olmagan holda og‘ir yuk
ko‘tarib qo‘yadi va bu hollarda bachadon, qin
tushishi mumkin. Ba’zan jinsiy a’zolar-ning
kasalliklarini vaqtida davolatmasligi oqibatida
bachadon yoki tuxum yo‘llari qayrilib (zagib)
qolish hollari kuzatiladi. Balog‘at yoshidagi
qizlarning jismoniy ulg‘ayishining yana bir
belgisi — jinsiy a’zolardan oqchil ajralishi.
Oqchil — o‘ziga xos hidli oqimtir chiqindi. U
asosan har bir sog‘lom qiz yoki ayol qinida
doim bo‘ladi. Oqchil asosan qiz bolaning
balog‘atga yetish davrida, hayz ko‘rish
oldidan, turmush qurgandan so‘ng esa
ayolning homiladorlik davrida va uning chilla
davrida ko‘proq ajraladi. Chunki bu vaqtda
jinsiy a’zolarga qon ko‘proq quyilib, tuxumdon
funksiyasi kuchayadi. O‘zini pokiza tutadigan
qiz juvonlarda oqchil ajralishi deyarli
sezilmaydi, uning ko‘payishi yoki rangining
o‘zgarishi jinsiy a’zolarning biron-bir kasalligi
alomatidir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев