kunlarni
Sizni o'ylab o'tgan bedor
tunlarni.
Sog'indim. sog'inchim ortiq
aytolmam
Afsus, yoningizga endi
qaytolmam.
Sog'indim. Sog'inchdan g'ururim
ustun
G'urur sevgimizga yasadi yakun.
Bilaman Siz-da meni
sog'inmoqdasiz
Dil to'lib, yig'lolmay,
o'rtanmoqdasiz.
Sog'indim. Bir bora yuzingiz
ko'rsam,
bir jur'at bo'lsa-yu, holingiz
so'rsam.
Lek g'urur qurg'urim aslo yo'l
qo'ymas
Sevinib sevishga bir imkon
bermas. Sog'indim. Sog'inchim
kimga aytayin?
Unutdim deb endi qanday
qaytayin?
Qandayin aytayin Sizga
sog'inchim,
Juda sog'inyapman Sizni
sog'inchim.
Sog'indim. sog'inchli shirin
gaplarni
Sog'inib o'qiyman eski xatlarni.
Siz yozgan xatlardan Sizni
izlayman
Afsus-la, alamdan o'zim
yig'layman.
Bilaman sog'inib Siz ham
o'ylaysiz
Xato qildim deya o'zni qiynaysiz.
Ammo g'ururingiz sog'inchdan
ustun
Go'zal sevgimizga aylagan
yakun...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1