O’g’lim jigargo’sham,
qalbim sururi, E’tibor berma ko’p
g’amgin izlarga. Yaxshisi, hayotning eng
tezkor nuri, Namoz o’qib duo yubor
bizlarga. Haqqimga duo qil yig’lab
hilvatda, Doim qatnashib yur ilmiy suhbatda. Dunyoning ishlari
bitar,albatta, Namoz o’qib, duo yubor
bizlarga. Omon bo’lsin deyman hamisha
boshing, Qadr-la shiddatla o’tayotgan
yoshing. O’zingga buyursin yuz kilo
oshing, Namoz o’qib, duo yubor bizlarga. Unut, tiriklarga tegishli qoida,
O’zga qoidalar biz kelgan joyda. Yig’lab
eslashingdan yo’q ekan foyda, Namoz
o’qib, duo yubor bizlarga. Ramazon
oyida ro’zangni tutib, Zakoting kerakli
manzilga yetib. Qurbing yetsa Baytni ziyorat etib, Namoz o’qib, duo yubor
bizlarga. Hayot qadriga yet tirik onlarda,
Hali imkoniyat bordir jonlarda, Boshqa
taom yo’qdir biz tomonlarda, Namoz
o’qib, duo yubor bizlarga. Ayvosiz
shamoldek yelmoqda fursat, Unda sen iymoniy qirrangni ko’rsat, Qasrlar
qurishni bir zumga to’xtat, Namoz o’qib,
duo yubor bizlarga. Yangi hayotimga
keltirmagin dog’, Biz yashar maskanlar
o’zgacha chorbog’. Qishda o’tin bo’lar,
yozda salqin bog’, Namoz o’qib, duo yubor bizlarga. Farzanding talabin
hargiz kulib ber, Ayolingga mayli dunyo
olib ber. Lekin qabrliklar faqat bir so’z
der: Namoz o’qib, duo yubor bizlarga.
Bolam o’ynab kulgin, qandingni urib,
Biroq bir holatni his etgin yurib. Uyali aloqang o’chirib turib, Namoz o’qib, duo
yubor bizlarga. Ishin o’ngla yordam
kutgan xomushni, Bajargil yetimdan
qogan yumushni. Va lekin unutma asosiy
ishni, Namoz o’qib, duo yubor bizlarga.
Aza ham o’tadi, o’tar zavqli to’y, Tugaydi bir kuni jami hayol, o’y, Boshqa ish
foydasin bermas, bilib qo’y, Namoz
o’qib, duo yubor bizlarga.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев