Muhammad alayhissalomning
ozod qilgan qullari qullari Savbon
roziyallohu anhu Rasuli akramni
qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga
sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon
Rasulullohning huzuriga yuzlari
qizargan va titragan holda kirib
keldi. U zot Savbonning bu
holatini ko‘rib, sababini so‘radilar.
Shunda Savbon: “Betob
emasman, ammo ozgina vaqt
sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga
tushyapman. Mana hozirgina
oxiratni esladim. Shubha yo‘q, siz
jaggatda payg‘ambarlar bilan
birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh
rahmat qilib jannatga kirsam
ham, siz bilan bo‘lolmayman.
Chunki sizning manzilingiz
baland. Agar jannatga
kirolmaydigan bo‘lsam, keyin
sizni hech qachon ko‘ra
olmayman. Oxiratda holim ne
kechishini o‘ylab titrab
ketyapman”, dedi. Shunda ushbu
oyat nozil bo‘ldi: “Kimda kim Alloh
va payg‘ambarga itoat etsa, ana
o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor
bo‘lgan zotlar – payg‘ambarlar,
siddiqlar (haq-rost iymon egalari),
shahidlar va solihlar bilan birga
bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi
hamrohlardir.” (Niso surasi, 69).
Darhaqiqat Rasululloh sallollohu
alayhi vasallam darajalariga hech
kim yetolmaydi. Lekin rahmati
keng, avfi ulug‘ zot suyukli
rasuliga ilhom berdi. Allohning
habib rasuli esa bu xushxabarni
ummatlariga yetkazdi. Anas ibn
Molikdan rivoyat qilinadi: “Bir
a’robiy payg‘ambar huzuriga
kelib so‘radi: “Qiyomat qachon
bo‘ladi?” “U kun uchun nima
hozirlading”, dedilar Rasuli
akram. “Alloh va rasuliga
muhabbat!” deya javob berdi.
Shunda Rasululloh: “(Jannatda
ham) yaxshi ko‘rganlaring bilan
birga bo‘lasan!”, dedilar”.
(Muttafaqun alayh.)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1