QAYSI MUSIQA ASBOBI BIRINCHI
YARATILGAN?
Bu xususda afsona mavjud,
lekin u fantaziyadan o‘zga bir
narsa emas. Yunon asotiriyasi-
mifologiyasiga ko‘ra, birinchi
musiqa asbobi -cho‘pon nayini -
iloh Pan yasagan. Kunlardan bir
kuni u qirg‘oqda qamish
g‘ishshasiga puflaydi va poya
bo‘ylab o‘tgan nafasi hazin bir
nola chiqarganini eshitadi. U
poyalarni kalta-uzun qilib
qirqadi, qo‘shib bog‘laydi,
shunday qilib, ilohning izmida
birinchi musiqa asbobi paydo
bo‘ladi!
Gapning nafsilambrini aytganda,
biz ilk musiqa asbobini kim
yasagani uyoqda tursin, uning
nomi qandayligini-da zikr
etolmaymiz, chunki barcha
ibtidoiy olamlar, zotan, butun
dunyoda u yoki bu musiqani
yaratganlar. Bu odatda qanday-
dir diniy ahamiyatga molik
musiqa bo‘lgan va
tomoshabinlar uning
ishtirokchilariga aylanganlar.
Odamlar raqsga tushishar,
chapak chalishar va unga jo‘r
bo‘lgancha qo‘shiqlar kuylashar
edilar. Bu amallar shunchaki
huzur-halovat uchungina
bajarilmagan. Ibtidoiy musiqa
odamlar turmushining salmoqli
qismini tashkil etardi.
Iloh Pan va qamish haqidagi
afsona odamzot qay yo‘sinda
shu qadar rangbarang musiqa
asboblarini yasashga qodirlik
darajasiga yetishganini taxmin
qilishimizga imkon beradi. U o‘z
musiqasini yaratish uchun
tabiatdagi tovushlarga taqlid
qilgan yoxud uning o‘zini
qurshagan tabiat ne'matlaridan
foydalangan bo‘lishi mumkin.
Dastlabki musiqa asboblari
urma musiqa asboblari bo‘lgan
(baraban xilida). Keyinchalik
odamzot hayvonlarning
mo‘guzidan yasaladigan
puflama musiqa asboblarini
ixtiro qildi. Ushbu ibtidoiy
puflama musiqa asboblaridan
hozirgi mis puflama musiqa
asboblari o‘sib chiqqan.
Odamzot o‘zining musiqani his
va idrok etishini rivojlantirib
borishga qarab qamishdan
foydalana boshlaydi va shu
tarzda birmuncha tabiiy va
nozik sadolar hosil qiladi.
Nihoyat, inson lira va arfani
ixtiro qiladi-da, kamonchali
asboblarning dunyoga kelishiga
yo‘l ochib beradi, O‘rta asrlarda
salbbardorlar-salb yurishlari
ishtirokchilari yurishlaridan
Mashriqzaminning bir talay
g’aroyib musiqa asboblarini olib
qaytadilar. O‘sha zamonlardayoq
Yevropada mavjud bo’lgan xalq
musiqa asboblariga sing-
dirilganidan so‘ng ular hozirgi
kunda musiqa hosil qilish uchun
foydalanilayotgan ko‘plab
musiqa asboblari darajasiga
takomillashdilar.
ENG QADIMIY MUSIQL
ASBOBLARI QAYSILARI?
Qadim-qadim zamonlardayoq
odamlar musiqa sadolari bilan
ko‘ngillarini xushnud etishgan.
Oltin kafaraning maftunkor
sadolari oltinsoya Apollonning
tashrifidan darak berar edi.
Ushbu hayratangiz musiqa
asbobini chalish bobida birov u
bilan bellasha olmas, frigiyalik
satir Mars uning bilan musiqa
jabhasida tor-tishishga botinib,
tayinlangan musobaqaga
qo‘lida qamish nayi bilan kirib
kelganida u o‘zining bunday
jur'ati uchun qattiq jazolanadi.
Qadimgi Yunoniston asotirlarida
ilohlar va avom musiqani
nechog’li sevganlari va turfa
musiqa asboblarini durust chala
bilganlari haqida talay naqllar
bor. Naylar, kavslar va
nag‘oralarning quvnoq sadosi
xushro‘y Dionis va ayonlarining
serg’alva odimlariga jo‘r bo‘lar
edi.
Arxeologlar-qadimshunoslar
ham musiqa asboblari qadimiy
davrlarda paydo bo‘lganligiga
guvohlik beradilar. Yer
kurrasining barcha hududlarida
ular amalga oshirgan deyarli
hamma qazish ishlarida ro‘zg‘or
buyumlari, kiyim-kechaklar
qoldiqlari, zebu ziynatlar va
hokazolar qavatida qadimiy
musiqa asboblari ham topilgan.
Darvoqe, bunday topilmalar
sayyoramizning ibtidoiy
odamlar manzillarining barcha
hududlaridan ham topilgan.
Yuqori paleolit (bu esa miloddan
avvalgi 25-22 mingyilliklar)
davrigayoq mansub bo‘lgan eng
qadimiy musiqa asboblari - nay
va hushtak - Vengriya va
Moldova hududlaridan topilgan.
Qadim-qadim zamonlarda
nafaqat musiqa asboblari yasay
va kuy to‘qiy olar edilar,
qolaversa hatto uni nota
belgilari bilan sopol
jadvalchalarga - mixxatlarga
yozib ham qo‘yar edilar.
ILK SKRIPKANI KIM YASAGAN?
Siz, simfonik orkestrdagi yuzdan
ziyod mug‘anniylarning
o‘ttizdan ortigi - skripkachilar
ekanligini bilasizmi? Skripkadan
taraladigan xush sado va
tovushlarni ifodalash keng
diapozoni boshqa musiqa
asboblarinikidan a'loroq va
katta hisoblanadi. Skripka
o‘z kamolotida bir talay asrlarni
boshdan kechirgan. Uning tarixi
Hindistonda yuz ochgan. Aynan
shu diyorda ilk marotaba torli
musiqa asboblarini chalish
uchun kamonchadan istifoda
etishgan. O‘rta asrlarda esa
Yevropada turli musiqa
asboblarini kamoncha bilan
chalishgan. Shulardan biri viola -
to‘rttorli g‘ijjak ediki, u, ehtimol,
X asrda Yevropaga olib kelingan.
Xuddi skripka singari viola ham
ijrochining yelkasiga qadalar
edi. Keyinchalik viola qo‘hna
uchtorli skripka (rebeki) ta'siri
ostida o‘zgardi. Asl nomi robab
bo‘lmish bu musiqa asbobi
arablarga taalluqli bo‘lib, u
Ispaniya orqali Yevropaning
qolgan qismlariga ham tarqala
boshladi.
Violaning nafis qurilmali
xarraklar-kiftlarga ega nozik
korpusidan (xarrak - musiqa
asboblaridagi torlarni
taranglash va sozlash uchun
maxsus unsur) uchtorli
skripkaga o‘tish tufayli musiqa
asboblarining yangi turkumi
dunyoga keldi.
Skripka o‘zining hozirgi
ko‘rinishiga 1550 va 1600 yillar
oralig‘ida ega bo‘ladiki, biz hozir
biladiganimiz singari ilk musiqa
asbobini kim yasaganligini aytib
berishning imkoniyati yo‘q. Eng
a'lo skripkalar XVII-XVIII
asrlarda yasalgan edi.
Italiyada skripkasoz qo‘li gul
ustalarning dong-dor sulolalari
yashar edi. Ulardan har biri
o‘zining shaxsiy sirasroriga ega
bo‘lib, otalar ularni o‘g‘illariga
meros qoldirishardi. Kremona
shahridan bo‘lmish Amatilar
xonadoni noyob ohangdorlikka
va mayin jarangga ega
skripkalar yasar edilar. Uzoq
vaqt hech kim skripkani ulardan
o‘tkazib yasashi mumkin emas
deb hisoblashgan.
Ammo Nikolo Amatining
Antonio Stradivari degan ajoyib
shogirdi bor edi. Uni
ustalarning ustasi deb
atashardi, usta yuksak
saviyadagi konsert fazilatlari
bilan ajralib turuvchi skripkalar
yasadi, Antonio musiqa asbobi
ovozini odamzot ovozining
tembrlariga yaqinlashtirishga
muyassar bo‘ldi.
Naql qilishlaricha, Stradivari
1116 dona musiqa asbobi
tayyorlagan va ulardan 540
donasi hali ham mavjud. Har
birisi haddan tashqari yirik
summada baholanadi va
mashhur san'at asari
hisoblanadi.
1784-1840 yillarda yashab
o‘tgan Nikolo Paganini barcha
zamonlarning tengi topilmas
skripkachisi bo‘lgan. Uning
nomi afsonalar izdihomida.
Mug‘anniyni hattoki
jodugarlikda ayblashadi, oddiy
odam sehrli kuchlar yordamisiz
skripkani bu qadar zo‘r
chalishiga ishonmas edilarda.
FORTEPYANO QACHON PAYDO
BO‘LGAN?
Pianino, organni istisno
qilganda, Lg murakkab musiqa
asbobi. Umuman uning asl nomi
- pianoforte bo‘lib, «sokin-
baland» degan ma'noni
anglatadi. Bu nomlanish,
pianino har xil balandlikda va
kuch bilan tovush hosil qila
olishidan kelib chiqqandi.
Pianino monoxord degan juda
oddiy musiqa asbobidan o‘sib
chiqqan. Monoxord, uziga
tushirilgan shkalada
intervallarga ega bo‘lgan yakka-
torli quti bo‘lgan.
Milodning taxminan 1000 yiliga
yaqin Gvido d'Aretsso
monoxord uchun siljitma band
ixtiro qildi, tugmachalar va
torlar qo‘shdi. U yaratgan
musiqa asbobi XVI asrga qadar
iste'molda bo‘lgan. Keyinchalik u
boshqa shakl - klavikordga ega
bo‘ldi. Klavikordning tovushi
torlarning mis ignalar ta'sir
ostida tebranishidan hosil bo‘lar
edi. Spinet degan cholg’u
asbobi yuqorida zikr etib
o‘tilganlar bilan chambarchas
boglangan. U 4 oktavada
diapozonga ega cho‘zinchoq
musiqa asbobi bo‘lgan. Uning
torlari mizroblar yoki
tugmachalar bilan harakatga
keltirilar edi. XVIII asrning
durustgina tanilgan musiqa
asbobi klavesin deb atalar edi. U
o‘lchamlariga ko‘ra klavikord va
spinetdan katta va ikkita
klaviaturaga ega bo‘lgan. Shakli
jihatidan kattakon pianinoni
eslatadi. Torlari jajji patlar
yordamida harakatga keltirilgan.
Ushbu musiqa asboblarini
pianinodan alohidalashtiruvchi
ko‘zga tashlanadigan-real farq,-
bu, bolg’achalarning harakati.
Uni Bartolomeo Kristoferi 1709
yilda ixtiro qilgan. Bolg’achalar
birmuncha oddiy musiqa
asboblarida muqarrar bo‘lgan
qitirlovchi tovushdan xalos
bo‘lishga yordam bergan.
Motsart va Betxoven zamoniga
kelib fortepyano ommaviy
musiqa asbobiga aylanadi.
Betxoven pianinodan eng ko‘p
samara undirgan dastlabki
bastakor edi: uning musiqasi
fortepyanoning yanada past,
yanada teran, yanada kuchli
sadosini talab qiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев