TELEVIDENIYENI KIM IXTIRO
QILGAN?
Sizga ma'lumki,
televideniye ancha-muncha
murakkab texnikaviy jarayondir.
Uning manbalarini uzoq
o’tmishdan izlash kerak bo’ladi.
Ishonch bilan aytish mukinki,
televideniyening taraqqiyotiga
son-sanoqsiz odamlar hissa
qo’shishgan. Ya'ni uni yolgiz bir
kishi tomonidan ixtiro qilingan
deb bo’lmaydi. Televideniyening
ixtiro qilinishiga olib kelgan
voqealar zanjiri 1817 yilga, ya'ni
shved kimyogari Yens Berseleus
selen kimyoviy elementini kashf
etgan davrga borib ulanadi.
Keyinchalik, selen orqali
o’tkazilgan elektr tokining
miqdori selenga ta'sir
ko’rsatadigan yorug’lik
miqdoriga bog’liқ ekanligi
aniqlandi. Bu xususiyat
«fotoelektr» hodisasi deb
ataladi. 1875 yilda bu kashfiyot
amerikalik ixtirochi G. Kerriga
birinchi, hali takomillashmagan
televizion qurilmani yaratish
imkonini berdi, u buning uchun
fotoelektr elementlardan
foydalandi.
Predmetning fokusini linza
orqali fotoelektr elementlar
bo’limiga to’g’riladi, natijada
bo’limdagi har bir element
cho’g’lanma lampaga o’tuvchi
elektrning miqdorini o’zicha
«nazorat qiladigan» bo’ladi.
Predmetning xira ko’rinishi
fotoelektr elementlarda aks etib,
cho’g’lanma lampa sirtida
gavdalanadi. Televideniye
ixtirochiligida shundan keyin
qo’yilgan qadam 1884 yilda Pol
Nipkou ixtiro qilgan
«kengaytirilgan tasvir»dir.
Bunday tasvirga, bir tomondan,
fotoelektr elementlar qarshisiga
aylanib turadigan bir necha
teshiklar ega diska hamda
tomoshabin ko’z o’ngida aylanib
turadigan yana bir diska
yordamida erishiladi.
Aslini olganda, bu ham Kerri
ixtiro qilgan tuzilmaga
o’xshashdir. 1923 yilda birinchi
marta sim orqali tasvirni
uzatishga erishildi, bunga
Angliyada Berd va AKDPda
Jenkins muvaffaq bo’ldi. Keyin
televizion kameralar rivoji
bobida ulkan odimlar tashlandi.
Vladimir Zvorikin va Fil
Farnsuort har biri o’zicha
mustaqil ravishda «tasvir
uzatuvchi trubka» deb nom
olgan kameralarni yaratdilar.
1945 yilda bu ikkala trubka ham
yanada takomillashtirilgan
trubkalarga almashtirildi.
Hozirgi televizorlarda «katod —
nurli trubka» deb atalgan
trubkalar ishlatiladi. Bu
trubkalarda elektron pushka
bo’lib, u ekran tasvirini,
uzatuvchi televizion
kameralardagi nurlar misoli,
qayta nurlantirib nusxa
ko’chiradi va natijada biz
tasvirni ko’ramiz. Albatta,
yuqorida aytilganlardan Siz
televideniye qanday ishlashi
to’g’risida batafsil ma'lumot
ololmaysiz, biroq ular turli
mamlakatlardagi odamlar
tomonidan hozirgi zamon
televideniyesini bunyodga
keltirish yo’lida naqadar har xil
ixtirolar qilinganligi xususida
umumiy tasavvur beradi.
RADAR NIMA?
«Radar» deyilganda, odatda,
radiolokatsion stansiyalar
xayolga keltiriladi. Radar
yordamida, masalan, inson
nigohidan yashirin
balandliklarda uchayotgan
tayyoralar (samolyotlar)
aniqlanadi. Radar tayyoralarning
o’ziga ham qorong’u tunda,
tumanlar oғushida yo’l topishda,
qo’nish paytida, bir so’z bilan,
ularni boshqarishda bevosita
yordam beradi. Radarning
aylanuvchi antennasi
radioto’lqinlar jo’natadi. Ular o’z
yo’lida «ob'yekt»ni uchratib,
to’qnashib, orqaga qaytadi.
Radiosignalning uzatilishi va
qaytishi o’rtasida o’tgan vaqt
«ob'yekt»gacha bo’lgan
masofani aniqlashga imkon
beradi. Radiosignallarni uzluksiz
jo’natish orqali esa tayyora
parvozining trayektori-yasini
bilib olish mumkin.
Aerodromlarda va dengiz
bandargohlariga (portlarida)
o’rnatilgan radarlar vositasida
tayyoralar va kemalar
harakatining manzarasini
ekranga tushirish mumkin
bo’ladi. O’z navbatida, tayyoralar
va kemalar ham radarlardan o’z
yo’lida uchraydigan to’siqlarni
aniqlash uchun foydalanadi.
Birinchi radar tarmog’i Buyuk
Britaniyada 1931 yilda yaratildi,
1935 yilda esa tayyoralarning
uchishini boshqarishda
qo’llanildi.
RADIO INSONGA QANDAY
XIZMAT QILADI?
Dastlabki paytda radio
Morze alifbosi yordamida
ma'lumotlarni uzatish uchun
qo’llanilgan edi. Hozirgi kunda
ham bu usuldan, masalan,
halokat yuz bergan yerdan
signallarni uzatishga
foydalaniladi. «Radio» so’zining
o’zi «radiotelegraf» so’zining
qisqartma shaklidir. To’g’risini
aytganda, hozirda ham efirning
(havo to’lqinlarining) katta qismi
xavfsizlik bilan bog’liq
signallarni qabul qilish bilan
banddir. Radio politsiya
(militsiya) va boshqa ko’psonli
qutqaruvchi xizmat sohalarining
faoliyati uchun juda zarur.
Dengizda esa har uch minutda,
uzatilgan halokat signallarini
qabul qilish uchun,
«radiosukunat» muddati joriy
qilingan. Texnik imkoniyatlar
taraqqiyoti shunga olib keldiki,
radio orqali ovoz va musiqani
uzatish sharoitlari vujudga keldi.
Shu tariqa radio har bir inson
hayotiga yaқin bo’lib qoldi.
Hozirgi kunda u
turmushimizning tarkibiy bir
qismidir. Keng jamoatchilik
uchun radio eng avvalo dam
olish va axborot qabul qilish
vositasiga aylandi. Hozirgi
kunda maxsus rasmiy markaziy
radiostansiyalar ham, bundan
tashqari ko’pgina mahalliy va
mintaqaviy radiostansiyalar ham
mavjud. Ular o’z
radiotinglovchilariga musiqa,
sport yangiliklari, o’yinlar,
axborotlar, konsertlar, diniy
xizmat, ma'rifiy eshittirish kabi
xilma-xil dasturlarni taklif
etadi.
MIKROFON QANDAY ISHLAYDI?
Eslasang, kulging qistaydi:
Morzening birinchi telegrafi
atigi... 14 qadamlik masofaga
signal bera olardi. Hozir esa Siz
xohlagan shahringizga
telegramma jo’nata olasiz,
olisdagi do’stingizning ovozini
telefon orqali eshitasiz. Kosmik
aloqa esa orbitada fazogirlar
qanday ishlayotganligini ko’z
bilan ko’rish imkonini beradi.
Telefonning yaratilish tarixi
nimadan boshlangan? Ota-
bobolarimiz qadim o’tmishda
yiroq masofalarga tirik inson
ovozining aniq-tiniq yetib
borishini orzu qilishgan. Biz
gapirganimizda havoning
tebranishi natijasida tovush
to’lqinlari paydo bo’ladi.
Ular quloq pardasiga uriladi va
biz ovozni eshitamiz. Bunga
asoslanib, qadimgilar karnayni
o’ylab topishgan. Uning
yordamida tovush tebranishi
kerakli to-monga yo’naltirilgan.
«Karnay uzunasiga cho’zilsa
nima bo’ladi?» - o’ylab
qolishgan ular. U holda trubka
orqali bemalol gaplashilsa
bo’ladi. Odamlar bunday
apparatni yaratishdi va uni
«akustifon» deb atashdi.
Bunday apparatlar birinchi
avtomobillarga o’rnatildi.
Hozirda ham «trubkali» telefon
kemalarda kapitan boshqaruvi
bilan mashina bo’limi o’rtasidagi
aloqa uchun xizmat qiladi. Lekin
bularning hammasi ibtidoiy bir
shakldagi aloqa usuli edi, biroq
elektr yordamga kelganidan
keyin ahvol o’zgardi. Axir
havoning tebranishini avvalo
elektr toki tebranishiga
aylantirilsa, keyin, aksincha,
elektr toki tebranishi havo
tebranishiga aylantirilsa, tovush
to’lqinlarini simlar orqali uzatish
mumkin bo’ladi. Yangi telefon
apparati F. Reys tomonidan
ixtiro qilingan.
Lekin bu apparat ham
mukammal emas edi. Amerikalik
ixtirochi Aleksandr Grexem Bell
1875 yilda yanada qulayroq
telefon apparatini o’ylab topdi.
Oradan biroz o’tib esa telefon
raqami teriladigan diska va
mikrofon ixtiro qilindi. Parijda
1881 yilda bo’lib o’tgan Xalqaro
elektrotexnika ko’rgazmasida
telefon mojizaday bo’lib tuyuldi.
Elektr aloqa shiddat bilan
rivojlandi va tez orada barcha
qit'alar son-sanoqsiz telefon
aloqa liniyalari simlariga
chulg’andi.
- - -
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1