musulmon bo’lishi AMIR
HAMZANING MUSULMON
BO'LISHI Mushriklarning
payg‘amabar alayhis-
salomga qilgan xurujlari
amakilari Hamza ibn
Abdulmuttalibning iymon
keltirishiga sabab bo‘ldi.
Abu Jahl rasulullohni
haqoratlaganda
qarindoshlari oraga
tushmadi, lekin
Hamzaning xizmatkori
chidolmay o‘z hojasini
vijdonsizlikda aybladi.
Qoni qaynab ketgan
Hamza borib Abu Jahlning
yoqasidan oldi. "Mana
men ham Muhammadning
dinidaman. Bundan keyin
uni so‘kkaningni ko‘ray-
chi", deya tahdid soldi. Shu
voqea tufayli Olloh
Hamzaning ko‘zini ochdi, u
to so‘nggi nafasigacha
islomga sodiq,
fidoyilardan bo‘lib qoldi.
Jismoniy jihatdan haddan
tashqari baquvvat, o‘ta
jasur Hamza
musulmonlarning
qalqoniga, mushriklarning
yuragiga g‘uluv soladigan
qudratli bahodirga aylandi
va unga Asadulloh (Olloh-
ning sheri) deya nom
berildi. Rasulullohga
ergashganlarning
hammasi ta'nayu
malomatlarga uchradi,
himoyachi qavmu
qarindoshlari yo‘qlarning
holiga voy edi. Ollohning
roziligini istagan
musulmonlar bu
azoblarga sabr-toqat bilan
bardosh berishdi, birovi
ham dindan qaytgani
yo‘q. Parvardigor mana
shunday ahdida sobit,
imoni mustahkam
odamlar orqali dinni
kamolotga yetkazdi. Agar
bu zotlar dastlab
dunyodagi ojizu notavon
kimsalar bo‘lishsa,
alaloqibat yer yuzining
podsholariga aylanishdi.
Qasos surasining beshinchi
oyatida bu haqda shunday
deyiladi: "Yer yuzida
xo‘rlanganlarga marhamat
qilmoqchimiz", ularni
yetakchilar va vorislarga
aylantirmoqchimiz . Olloh
va'dasida sobit zot.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Umayya ibn Xalafil
Jo‘mahining quli edi.
Umayya o‘z quli islom
diniga kirganini eshitgach,
uning bo‘yniga arqon
solib, bolalariga jonli
o‘yinchoq sifatida berib
qo‘ydi. Xuddi buyumdek,
hayvondek xo‘rlangan
Bilol Ollohning birligiga
sira shak keltirmadi. Bu
azoblar kor qilmaganini
ko‘rgan Umayya yozning
eng jazirama kunlari uni
qoq peshinda hovur ufurib
turgan cho‘lga olib
borardi. Yerga oyoq bosib
bo‘lmas, qumga tuxum
qo‘ysa pishar, tovondan
o‘tgan issiq miyadan tutun
chiqarardi. Umayya Bilolni
issiq qumga chalqancha
yotqizib, ustiga bahaybat
tosh bostirar va
Muhammaddan yuz
o‘girib, Lot, Uzzo degan
butlarga cho‘qinmasang,
mana shunday azobda
qiynab o‘ldiraman der,
Bilol esa og‘ishmay: "Olloh
bir, Olloh bir", deya javob
qaytarardi. Kunlarning
birida xuddi shunday
dahshatli azobning ustiga
Abubakr kelib qoldi. "Ey
Umayya, bir bechoraga
shuncha azob bergani
Ollohdan qo‘rqmaysanmi?
Uni tokay qiynaysan?" ...ЕщёBilol ibn Raboh qurayshlik
Umayya ibn Xalafil
Jo‘mahining quli edi.
Umayya o‘z quli islom
diniga kirganini eshitgach,
uning bo‘yniga arqon
solib, bolalariga jonli
o‘yinchoq sifatida berib
qo‘ydi. Xuddi buyumdek,
hayvondek xo‘rlangan
Bilol Ollohning birligiga
sira shak keltirmadi. Bu
azoblar kor qilmaganini
ko‘rgan Umayya yozning
eng jazirama kunlari uni
qoq peshinda hovur ufurib
turgan cho‘lga olib
borardi. Yerga oyoq bosib
bo‘lmas, qumga tuxum
qo‘ysa pishar, tovondan
o‘tgan issiq miyadan tutun
chiqarardi. Umayya Bilolni
issiq qumga chalqancha
yotqizib, ustiga bahaybat
tosh bostirar va
Muhammaddan yuz
o‘girib, Lot, Uzzo degan
butlarga cho‘qinmasang,
mana shunday azobda
qiynab o‘ldiraman der,
Bilol esa og‘ishmay: "Olloh
bir, Olloh bir", deya javob
qaytarardi. Kunlarning
birida xuddi shunday
dahshatli azobning ustiga
Abubakr kelib qoldi. "Ey
Umayya, bir bechoraga
shuncha azob bergani
Ollohdan qo‘rqmaysanmi?
Uni tokay qiynaysan?"
dedi u. "Uni sen yo‘ldan
ozdirding. Qani qo‘lingdan
kelsa, uni qutqarib
olmaysanmi?" - dedi
Umayya zahrini sochib.
Abubakr shu zahoti Bilolni
sotib olib, ozod qildi. Olloh
Abubakr va Umayya
haqida Vallayli surasining
14-21-oyatlarida bunday
deydi: "Sizlarni lang‘illab
turgan do‘zaxdan
ogohlantirdim. Unga
badbaxt odamlar tushadi.
(Umayya) badbaxtki,
haqni inkor etdi va
haqiqatdan yuz o‘girdi.
Eng muttaqiy (Abubakr)
undan yiroq qilindi. U
poklanish uchun mol-
mulkini sarflaydi. U
birovning yaxshiligini
qaytarish uchun yaxshilik
qilmaydi. Faqat ulug‘
parvardigorining roziligiga
erishishga intiladi. Uning
o‘zi ham albatta xursand
bo‘ladi". Abubakr mollarini
sotib, Bilolni ozod qilgani
xudoning roziligi uchun
bo‘lgan ish ekani
yuqoridagi oyatlarda
ta'kidlab o‘tildi. Ollohning
roziligi Abubakr
raziyallohu anhu uchun
beadad sharaf edi. U
Biloldan boshqa islomga
o‘tib, xo‘jayinlarining
zulmiga uchragan bir talay
qulni ozod qildi. Ularning
orasida Bilolning onasi
Hamoma, Omir ibn
Fuhayra, Abu Fukayha
og‘ir qiynoqlardan ikki
ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan
Zinnira ismli ayol bor edi.
"Bularga
ergashayotganlarga qarab
yoqamni ushlayman.
Muhammad da'vat
etayotgan din rostdan
ham haq din bo‘lsa,
hammadan oldin uni biz
qabul qilishimiz kerak edi.
Bizdan avval qanday qilib
Zinniradek qul haq yo‘lni
topishi mumkin?" der edi
Abu Jahl hayratga tushib.
Bunga javoban Olloh
Ahqof surasining 11-
oyatini nozil qildi:
"Kofirlar mo‘minlarga agar
islomda biror xayriyat
bo‘lsa edi, ular bunga
bizdan oldin ishonishi
mumkin emas. Ular
hidoyat topmaganligi
uchun bu narsani ko‘hna
uydirma, deyishadi". Bani
Zuhraning kanizagi Ummu
Unaysni ham Abubakr
ozod qildi. Asvad ibn
Abdiyag‘us bu bechorani
qiynardi.
onasi bilan og‘ir zulmga
giriftor bo‘ldi. Ularning
zabun ahvolini ko‘rgan
rasululloh: "Yosirning
oilasi, sabr qilinglar,
sizlarga jannat va'da
etilgan. Ey Olloh, Yosirning
oilasidan mag‘firatingni
darig‘ tutma", dedilar.
Jabrdiydalar zulmga sabr-
toqat bilan bardosh
berdilar. Ammorning ota-
onasi azobga chidolmay
o‘ldi. (Olloh ularni rahmat
qilsin) Ammor esa qiinoq
jonidan o‘tib ketgach,
og‘zida dindan qaytganini
aytdi. Chunki Abu Jahl
unga temir kiyimlarni
kiydirib, yozning jazirama
oftobiga solib qo‘yardi.
Ammorning a'zoyi badani
qavarib, terisi shilinib
tushar edi. Odamlar joni
azobda qolgan chorasiz
qulning og‘zidan chiqib
ketgan gaplarni ushlab
olib, ana, Ammor dindan
qaytdi, deya ovoza
tarqatishdi. Bunga
javoban payg‘ambar
alayhis-salom Ammorning
butun vujudi imon bilan
sug‘orilgan, dedilar. Olloh
Ammorning murtadlar
jinsidan emasligini Nahl
surasining 106-oyatida
bayon etgan: "Imon
keltirgandan ke...ЕщёAmmor ibn Yosir ota-
onasi bilan og‘ir zulmga
giriftor bo‘ldi. Ularning
zabun ahvolini ko‘rgan
rasululloh: "Yosirning
oilasi, sabr qilinglar,
sizlarga jannat va'da
etilgan. Ey Olloh, Yosirning
oilasidan mag‘firatingni
darig‘ tutma", dedilar.
Jabrdiydalar zulmga sabr-
toqat bilan bardosh
berdilar. Ammorning ota-
onasi azobga chidolmay
o‘ldi. (Olloh ularni rahmat
qilsin) Ammor esa qiinoq
jonidan o‘tib ketgach,
og‘zida dindan qaytganini
aytdi. Chunki Abu Jahl
unga temir kiyimlarni
kiydirib, yozning jazirama
oftobiga solib qo‘yardi.
Ammorning a'zoyi badani
qavarib, terisi shilinib
tushar edi. Odamlar joni
azobda qolgan chorasiz
qulning og‘zidan chiqib
ketgan gaplarni ushlab
olib, ana, Ammor dindan
qaytdi, deya ovoza
tarqatishdi. Bunga
javoban payg‘ambar
alayhis-salom Ammorning
butun vujudi imon bilan
sug‘orilgan, dedilar. Olloh
Ammorning murtadlar
jinsidan emasligini Nahl
surasining 106-oyatida
bayon etgan: "Imon
keltirgandan keyin xudoni
inkor etganlar (qalban
imonda barqaror turib,
qiyin-qistov ostida dindan
qaytdim deganlar bundan
mustasno) va kufr bilan
ko‘nglini xotirjam
qilganlar Ollohnig
g‘azabiga yo‘liqishadi
hamda og‘ir azobga
giriftor bo‘lishadi".
Johiliyat zamonida asirga
tushgan Xabbob ibn Aratni
Ummu Anmor sotib olgan
edi. Xabbob rasulloh bilan
yaqin do‘st edi, shu bois
birinchilar qatori imon
keltirdi. Uning musulmon
bo‘lganidan xabar topgan
bekasi qizdirilgan temirni
yelkasiga bosib azob bera
boshladi. Zulmdan sillasi
qurigan Xabbob bir kuni
Ka'baning devori tagida
dam olib o‘tirgan
rasulollohning oldilariga
kelib: "Bizning haqimizga
duo qilmaysanmi?" deb
so‘radi. Rasululloh: "Ilgari
musulmon odamlarni
temir taroq bilan
qiynashgan. Bigizdek uchli
taroqni badanga botirib,
to suyagi chuqquncha
tarashgan, go‘shti titiLib,
paylari uzilgan odamlar
qonsirab o‘lishgan.
Ba'zilarning bo‘yniga arra
tortishgan. Musulmonlar
shunda ham dindan
qaytishmagan. Yaratgan
egam islom dinini g‘olibu
muzaffar qilishi muqarrar.
O'shanda Yamanning
San'o shahridan yo‘lga
chiqqan yo‘lovchi Hazri
Mavtgacha hech narsadan
xavotir olmay bemalol
yetib keladi, bo‘rilar
orasiga kirib qolgan qo‘y
bexavotir yuraveradi",
dedilar.