Quvasoy shahridagi axborot-kutubxona markazida Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlangan “Sen bahorni sog‘inmadingmi” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Shahardagi umumta’lim maktablarining o‘quvchi va ustozlari, shuningdek, axborot-kutubxona markazi xodimlari taklif etilgan tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova ishtirok etdi.
Tadbir davomida sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim ijodini tarannum etuvchi she’rlar hamda kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi.
Faol ishtirokchilarga shahar hokimligining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
✅ Quvasoy.uz|✅Telegram| ✅Facebook | 📹YouTube |🌐Instagram
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев