Предыдущая публикация
Qo'lida qur'oni bo'lgan,
Chin sevgani Alloh bo'lgan,
muslimaga uylanaman.
Kerak emas menga chiroy,
obro'- hurmat otasi boy,
Gapim chindir guvohim oy,
oqilaga uylanaman.
Namozni hech kanda qilmas,
Dunyo uchun mehr qo'ymas,
ohiratni o'yin bilmas,
Ojizaga uylanaman.
Yuzidan nur yogar doim,
Tili shirin so'zlar doim,
Shunday yor bersin hudoyim,
solihaga uylanaman.
Oilamga g'am tashvish kelsa,
Olloh menga sinov bersa,
Duo qilib yordam bergan,
Farishtaga uylanaman.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев