Deydilarki azizlarim mehir ko'zda
Otang aytkan xar bir shirin so'zda
Endi meni bag'ringizga bosmaysizda
Ota sizni juda qattiq sog'inyapman.
Siz yo'q xatto onam yolg'iz qoldi
Go'yoki bir tog' quladi ojiz qoldi
Sizni qaytar deya kutib ko'zim toldi
Ota sizni juda qattiq sog'inyapman
Qaro yer xech odamzodga to'yarmikan
Armonlarim yashashimga qo'yarmikan
Otasi yo'q inson baxtlik bo'larmikan
Ota sizni juda qattiq sog'inyapman.
Bu ayriliq yig'latarkan tosh bag'irni
Ayriliqlar yeb bitirdiku sabirni
Na eshigu na teshigi bor qabirni
Ota sizni juda qattiq sog'inyapman.
Ayting qayga uray endi yetim boshni
Bilinmaydi siz yo'q qayga yedim oshni
Sog'inaman sizdagi ul ko'zu, qoshni
Ota sizni juda qattiq sog'inyapman.
Duo qildim sizga duo qilganlarga
Otang yaxshi inson edi deganlarga
Yig'laganim bildirmastan jigarlarga
Ota sizni juda qattiq sog'inyapman.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев