Abu Xurayra r.a dan rivoyat qilinadi: Rosuululloh s.a.v shunday dedilar: "SHayton qaysi biringizningdir oldiga kelib vasvasaga soladi, "Falon narsani kim yaratgan va fulon narsani kim yaratgan?" deydi, xattoki "Robbingni kim yaratgan?" deb aytadi (ya'ni, xayolingizga shu savolni keltiradi). Agar (xayolingizga shunday shaytoniy) savollar kelsa, darxol "A3uzu billa'hi minash-shaytonir rojiym" deb shaytonning vasvasidan qutulinglar" Imom Buxoriy rivoyati.
Oisha r.a dan rivoyat qilinadi: Rosuululloh s.a.v shunday dedilar: "Farishtalar bulutlar orasida turib (Alloh taoloning irodasi bilan) yerda bo'ladigan ishlar xususida suhbatlashishayotganida, shayton ularning so'zlarini o'g'rincha eshitib oladi-da, ularga yuzta yolg'on yashiqni qo'shib-chatib, shisha idishdagi suyuqlikni biror bir boshqa idishga quygandek, kohin (folbin) qulog'iga quyadi" Imom Buxoriy rivoyati.!
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 2