Sevdim degan sozingni asra,
Meni kutgan kozingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham ozingni asra.
*** ***
Asra, dilda muxabbatingni,
Asra menga kongil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham ozingni asra.
*** ***
Koksingdan otilsa ming faryod,
Seni kop yiglatsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham ozingni asra.
*** ***
Sinab bir bor vadalar kuchin,
Dildan olmay xatolar ochin,
Ortada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham ozingni asra.
*** ***
Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yiglab izlaring opgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham ozingni asra.
*** ***
Yurakka in qurmayin qaygu,
Hayotingga solmagin ogu,
Sendan bitta iltimosim shu,
Men uchun ham ozingni asra...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев