-Eslatma :
"Ayollar yo'lda yurushlari odobi "
Abu Usayd Al-ansoriy Raziyallohu anhu aytadilar:
Rasululloh alayhissalam masjiddan chiqayotib , erkaklar bilan ayollar yo'lda qorishib ketganini ko'rib aytdilar :
"Chetroq turinglar, yo'lning o'rtasidan yurush sizlarga emas ! Sizlar yo'lning chetini lozim tutinglar " dedilar .
Sahobiy aytadi :
"Shundan so'ng , ayollar (yo'l chetidagi) devorlarga yopishib yurushlaridan , xatto kiyimlari devorga ilashib qolar edi ! "
(Abu Dovud)
Sahobiya ayollarning bu amrga bo'ysunishlarida mubolag'ani qarang :
"Erkaklarga tegib ketmasak bo'ldida" deb Rasululloh alayhissalam amrini o'zlaricha ta'vil qilishmadi .
Asli Rasululloh alayhissalam ularga : "Devorga surkalib yuringlar" demadilar .
Ammo "chetda yuringlar" degan so'zni ortig'i bilan ado qildilar .
Bizning zamonamizda esa , erkaklar ko'chada yurganda xijolatdan devorga yopishishga majbur bo'lmoqdalar ..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев