Sevgisin aylab közga tötiyo!
Tanxo atab oydek yuz-u közini,
Sevaman, sevaman dunyoda tanxo!
Aslida dunyoda tanxo nima bor,
Ösma qöymaydimi özga elda yo?
Yo oy yuzimi sevgimga sabab,
Axir oy yuzli-ku barcha gözallar!
Men nechun sevaman özbek qizini?
Yuzlarin oyday deb köz köz etaman,
Nechun ardoqlayman qarog'imda men,
Sevaman: " Qarog'im, bebaxo yorim... "
Asli gözallikni odil tabiat
Taqsim aylagan-ku gözallarga teng.
Nechun gözallar deb yig'laydi Furqat,
Qashqar ayoli, gözalmasmidingsan sen?!
Xösh, nechun sevaman özbek qizini,
Sababini aytgin desalar menga,
Shoirona gözal sözlardan oldin
Men ta'zim qilaman onajonimga:
Ona tarix hukmi sizni agarda
Mangu muzliklarga eltgan bölsaydi,
Qorlarni makon etgan bölsangiz,
Mehrim bermasmidim ösha muzlarga?
Gözallar,
Gözallar,
Mayli, yashasin,
Bog'lar unsin bosgan izingga, ammo,
Singlim, seni faqat gözalliging-chun
Sevgan majnun bölsa kechirma aslo!!!
Barchani druzyamga va guruhimga taklif qilaman.
Shohruh Azizov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев