O'zim bilib-bilmay ko'p
gunoh qildim, Mo'lroq yashab
qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam
bo'lmasmidi ko'kka tikilib,
Maysalar ustida, gulning tagida...
Yashashdan charchadim, zerikib
ketdim, Mening tor ko'nglimga
sig'mas bayramlar. Dilimga
ilonning tillari yetdi – Po'st
tashlab, turlanib yurgan
nayranglar. Endi kun ko'rishim
qiyindan-qiyin, Endi havolar ham
og'irdan-og'ir. Achchiq-achchiq
yig'lab, yo'l yurgan sayin Uzun-
uzun bo'lib sudralar xotir. O'zim
bilib turib, ko'p gunoh qilib
Ko'proq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan. O'lsam
bo'lmasmidi ko'zlarim tinib, Suv
ichgan chog'imda qizning
kaftidan. Endi meni qiynar
qiyoqning guli – Nozik
kapalakning hidsiz qanoti. Endi
meni qiynar vaqtida o'lib, Meni
obketmagan do'stimning yodi. ...
Ona, junjikmangiz sovuq
so'zlardan, Men endi o'lmayman,
yig'lamang yana. Faqat maqtov
kutib suzuk qizlardan Yolg'on
she'rlar yozib charchadim, ona.
Faqat o'zim bilmay ko'p gunoh
qilib, Mo'lroq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lar
ekan ko'zlarim kulib, Belanchak
ichida, tolning tagida...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев