Miloddan avvalgi II ming yillikni oxiri I ming yillikni boshlari Markaziy Osiyo xududidagi hayot haqida ma'lum tasavvurlarga ega bo'lishda arxeologik topilmalar va ularni yozma manbalar bilan solishtirish katta ahamiyatga egadir. Bu davrda Markaziy Osiyo xududida murakkab etnik madaniy jarayonlar bo'lib o'tdi. Ijtimoiy, iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, mil. avv. I ming yillikni boshlarida Markaziy Osiyoni nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo'la boshladi. O'tgan asrning oxiri va asrning boshlarida Avestodagi ma'lumotlar (viloyatlarni Aryoshayyoka bo'yicha birlashishi) Gerodat va Gekatey asarlari («Katta Xorazm»), shuningdek Kjesiyning qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi ma'lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari paydo bo'lishi muommolarini o'rganish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarni shakllanish jarayonini ahmoniylargacha bo'lgan davrda deydi. Ilmiy adabiyotlar Markaziy Osiyoda ahmoniylargacha bo'lgan davrda mavjud bo'lgan quyidagi davlat uyushmalarini yuritiladi.
Aryoshayona – qadimgi viloyatlarni «dahiyosasti» uyushmasi.
Aryonam Vaysho - uning markazi «Kata Xorazm» yoki Xorazm davlati.
Qadimgi Baqteriya davlati.
Markaziy Osiyodagi yana bir ilk davlat uyushmasi Qadimgi Baqtriya davlati. Uning tarkibiga Sug'd va Marg'iyona ham kirgan. Bundan tashqarii Sug'diyona (Qashqadaryo va Zarafshon voxalari), Marg'iyona (Murg'ob daryosi voxasi) kabi davlat uyushmalari ham bor. Bu viloyatlarni aholisi o'troq hayot kechirib dehqonchilik, uy chorvachiligi va xunarmandchilik bilan shug'ullangan. Davlat tuzimi vujudga kelishini yoritib beradigan asosiy yozma manba «Avesto» va qadimgi dunyo mualliflari qoldirgan ma'lumotlardir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5