Предыдущая публикация
Dunyoning ishlarin bir o'ylab qarang
Bola-ku otasin unutib qo'ygan
Ota ham bolasini yo'qlaydi arang
Dunyo o'zgarganmi yo'q-yo'q odamlar
Bariga sababchi biling o'zimiz
Ko'pchilik olg'amas ortga qadamlar
Boylikni ko'radi faqat ko'zimiz
Qaniydi mexr bilan o'lchansa qadri
Mexribon bo'larmi bir-birlariga
Zarar ham yetkazmas boshqalar qahri
Yo'l ochilmas edi qalbi kirlarga
G'am bilmay baxtiyor yashardi odam
Sira ham orqaga qo'ymasdan qadam
Obid Ochilov
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев