, ammo bildirmasdi-yu, bilardim, sezardim. U atayin yo`llarimda kutardi. Men atayin o`sha yo`llardan yurardim Uning tuyg`ulari pinhon edi, chiroyli edi. Uni tun-u kun o`ylardim, sog`inardim, sevardim, ammo, ismini ham bilmasdim.Unga maktublar yozib, o`tda yoqardim, she`rlar yozib taskin topardim, ammo ismini bilmasdim.
Qish keldi, yo`llarni qorga belab yubordi, bahor keldi, gulga belab yubordi, yondirib-yondirib yoz o`tdi, ammo xanuz ismini bilmasdim.
Kuni-kecha ko`ngil eshigimni ochib kuz kirib keldi. Oyoqlarim ostiga sarg`ish hazonlarni sochib yubordi. Kuz qalbimga uning ismini pichirlab aytdi: Armon! Armon!...
Ha, uning ismi ARMON ekan....
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1