Malakali shifokorlarga bo‘lgan talablardan kelib chiqib Samarqand davlat tibbiyot instituti 2020/2021 o‘quv yili uchun bir qator mutaxassisliklar bo‘yicha birlamchi maqsadli ixtisoslashgan kurslariga (internaturaga) xujjatlarni qabul qilish boshlanganligini e’lon qiladi.
Internaturaga maqsadli qabul o‘rinlari faqat Samarqand, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar uchun ajratilgan. Internaturada o‘qish muddati – 1 yil.
Xujjatlarni qabul qilish 2020 yil 4 noyabr kuniga qadar davom etadi (asos - O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligini 215-son buyrug‘i).
Talab qilinadigan xujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza (namuna);
2. Oliy tibbiy ma’lumot haqidagi xujjat (diplom ilovasi bilan);
3. Fuqarolik pasport (rasm va ro‘yxatda turganlik muhri bo‘lgan joylari);
4. 10*15 rasm elektron nusxasi (JPG formati, sifati - 300 DPI).
Xujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda http://internatura.sammi.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun telefon:
Qodirov Jonibek Fayzullaevich (+998 90 901-57-97) https://zen.yandex.ru/media/id/5d7d75b405fd9800ae75fb58/samdti-internaturasiga-20202021-oquv-yili-uchun-qabul-elon-qilindi-5f8dc874b5e4d5370ea0fe41
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев