Предыдущая публикация
Otash tig‘la qalbim muzlanib qoldi.
Kesishmas yo‘llarda qoldik ikkimiz,
Sensiz bahorlarim kuzlanib qoldi.
Umid-qanotlari qirqilgan qushdek,
Ko‘zyoshlar dardimni aritolmaydi.
O‘n beshi qorong‘u qolgan oymi,
Ko‘ngil uylarini yoritolmaydi.
Shabnam-balki yurak to‘kayotgan yosh,
Baxtimga ne bo‘ldi ko‘zlandimi u ?
Ko‘zyoshlarda qotib qolganday quyosh,
Sen uning taftini izlamadingmi?
O‘tli tuyg‘ulardan qolgani kuldir,
Taqdir ro‘yolarga yuzlanib qoldi.
Ketma...nastarinning bo‘ylarin keltir,
Sensiz bahorlarim kuzlanib qoldi...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев