UZ” noyob loyihasi - Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbekistonlik bir yuz bir nafar jangchining qahramonona va fojiali taqdiri toʻgʻrisidagi gollandiyalik yozuvchi va tadqiqotchi Remko Reyding tomonidan yaqinda qoʻlga kiritilgan hujjatli maʼlumotlarga asoslangan. Ular Gollandiyaning Amersfort shahridagi kontsentratsion lagerda matonatli va munosib tarzda jahannamning barcha azoblaridan oʻtib, oʻzlarining bu jasoratlari bilan Gitlerning hiyla-nayrangli rejasini butunlay yoʻq qilib, fashistlarga urushdagi tarixiy burilishni yasashga halaqit berib qoʻyganlarini bilmagan holda halok boʻldilar.
Aynan Remko Reydingning 20-yillik tadqiqotlari Gollandiyada halok boʻlgan va dafn qilingan bir yuz bir nafar oʻzbek askari haqida, ularning fojiali taqdiri toʻgʻrisida bilish imkonini berdi.
2017 yilda oʻzbek tadbirkori Zafar Xoshimov Gollandiyada boʻlib, oʻz oʻgʻillari bilan birgalikda Amersfort konslageri, oʻzbek jangchilarining otib tashlangan joyi va ular dafn etilgan qabristonni borib koʻrishdi.Koʻrganlaridan hayratga tushib, bu bilan oʻziningFacebookdagi sahifasida oʻrtoqlashdi. Butun dunyo boʻylab minglab odamlar ushbu postni oʻqib chiqishdi. Ularning orasida tadbirkor Dilshod Maqsudxonov ham boʻlib, u oʻz navbatida oʻqiganlari toʻgʻrisida yozuvchilar Anvar Ergashev va Yuliya Medvedovskayalarga hikoya qilib berdi.
Bir yuz bir nafar oʻzbek askarining fojiaviy, ammo qahramonona taqdiri toʻgʻrisidagi yangi maʼlumotlar “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (Bosh direktor F. Zokirov) va Oʻzbekiston Respublikasining BЕNILYUKS mamlakatlaridagi elchixonasi (Favqulodda va Muxtor Elchi D.Hakimov) qoʻllab-quvvatlovida, Anvar Ergashev va Yuliya Medvedovskayalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar tufayli qoʻlga kiritildi, keyinchalik bu ularning “katta aks-sado bergan” “101” deb nomlangan hujjatli-badiiy romanining yaratilishiga asos boʻlib xizmat qildi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻzbek askarlari fashistlar Germaniyasining katta “propaganda mashinasi” qurboniga aylanishgan va oʻta muhim va maxfiy aksiya uchun maxsus ravishda tanlab olinganlar. Adolf Gitler shaxsan reyxsministr Goebbels va reyxsfyurer Himmler idoralariga Qizil Armiya askarlari haqida targʻibot filmini yaratishni buyurib, unda ular inson qadr-qimmatidan mahrum, zaif va ibtidoiy mavjudotlar sifatida namoyon boʻlishlari kerak edi. Va bularning bari, Ikkinchi jahon urushining eng muhim janglaridan biri - Moskva uchun kurashdan oldin nemis askarlarining “putur yetgan ruhini” koʻtarishga qaratilgan edi!
Ushbu filmning yaratilishi Fuhrer tomonidan eng katta ustuvor vazifa deb eʼlon qilingan edi. Suratga olish guruhiga reyxning eng yaxshi kinoijodkorlari jalb etilgan edi. Va “Amersfoort” kontslageri o’zining mahbuslariga aylangan bir yuz bir nafar oʻzbek jangchisidan aynan shu film uchun “materiallar tayyorlashi” kerak edi. Bir qarashda, hammasi koʻngildagidek ketayotgan edi, va Gebbels Gimmler bilan birgalikda fyurerga muvaffaqiyatli oʻtkazilgan operatsiya haqida hisobot berishga ham tayyor boʻlib turishgan edi, ammo bari bunday boʻlib chiqmadi.
Amersfort konslagerida mahbus oʻzbeklar tomonidan namoyon qilingan qahramonlik, intizom va milliy madaniyat...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев