U sevgan inson yonida edi.U ilk marotaba chin qalbdan, bor vujudi bilan kimnidir yaxshi ko'rdi... Afsus... Ming afsuslar bo'lsinki, u jonidan ortiq sevgan insoni Qizni yaxshi ko'rmaydi. Yigit shunchaki Qizni chiroyi uchun, samimiy ko'ngli uchun, u boshqa qizlarga gap otsa ham bunga parvo qilmasligi uchun, shunchaki vaqti mazmunli o'tishi uchun u bilan mana 1yildirki birga...
O'sha kuni Qiz dilidagi bor gaplarni Yigitga aytdi...
Yigit: Salom, qalesan?
Qiz: Yaxshi, o'zizchi?
Yigit: Sani ovozini eshitdim endi yaxshiman, asalim sani judayam sog'indim.!
Qiz: Aldamen faqat shunaqa gaplar bilan mani aldisiz. Bilmidi deb o'ylisizmi. Bilaman. Hammasini bilaman. Manga faqat xiyonat qilasiz. Lekin sizi chin qalbdan sevganim uchun indamiman. Shuncha xarakatlarim bekor ketdi deb o'ylayman. Sizi yaxshi tarafga o'zgartirmoqchidim. Afsus, yuragizda ozgina bo'lsayam Mehr yo'q ekan. Sevginiku umuman gapirmasayam bo'ladi.
Yigit: E bas qil sanga bu kampirlarga o'xshab maslahat berishin uchun qo'ng'iroq qilmagandim. Bilgan bo'lsen judayam yaxshi. Ha sani sevmiman. Shunchaki san bilan bekorchi vaqtimmi mazmunli o'tkazmoqchidim. Ketishni xoxlasen man qarshimasman. Bilganini qil.
Qiz: Xayr!!!
Qiz shunday deya go'shakni qo'yib qo'ydi. Qaytib Yigit ham qo'ng'iroq qilmadi. U Yigitdan bu gaplarni kutmagandi. U ham mani sevadi deb ishonardi. Afsus...
Oradan 5 oy o'tdi. Yigit na xabar yozadi, na qo'ng'iroq qiladi. Shu vaqt ichida Qiz qancha azob chekadi. O'zidan o'tgani faqat Allohga ayon. Qiz Yigitni kutib tunlarni bedor kunlarni esa mazmunsiz o'tkazdi. U Yigitni qaytishiga ishonardi. Afsus...
Qizdagi sevgi uni Yigitga qo'ng'iroq qilishga undardi. G'urur bunga to'siq bo'lardi. Oxiri Sevgi ustun keldi...
Qiz: Salom qalesz? Mani kechirin. O'sha kuni sizga qattiq gapirvordim, ko'nglizi og'ritdim. Uzur!
Yigit: Kimsan?
Qiz Yigitdan kelgan bu xabarni o'qib, ko'zlariga ishonmasdi. Tergan raqamini qayta qayta tekshirdi. Yo'q xato qilmagan. Bir muddat bu dunyodan o'zini uzilgandek his qildi. Nahotki, nahotki shunchalar oson unutdi. Bo'lishi mumkun emas. Shu kabi o'y xayollar uni tark etmasdi. Ancha vaqtdan keyin o'ziga kelib, yana xabar jo'natdi:
Qiz: Kechirasiz adashib jo'natvoribman.
Yigit: Nozi sanmisan?
Qiz: Yo'q aytdimku adashibman deb xayr.
Yo'q Yigit adashmagandi. Uni tanidi. Lekin qayta qo'ng'iroq qilmadi. Endi hammasi Yigit uchun o'tmishda qolgandi. Yigit allaqachon unutgandi...
Qiz bu voqeadan keyin Sevgiga ishonmay qo'ydi. O'zgaraman deb o'ziga so'z berdi. Va va'dasini bajardi...
Qiz o'zgardi...
Qiz shunchalar o'zgargandiki, uni ancha vaqt ko'rmagan odam tanimasligi aniq edi. U endi hayotdan xursand , ota onasi uchun yashayotganidan , ular orzuyidagi Qiz bo'layotganidan baxtli edi. Ha, u Yigitni unutdi. Qalbdagi sevgisi bor yo'g'i yoshlikdagi havas ekanini tushunib yetdi.
Qiz baxtli edi...
Yomg'irli kunlarni birida Yigit va Qiz yana uchrashishdi...
Qiz dugonasi bilan xazil xuzul qilib yomg'irdan pana joyga o'tishmoqchi edi. To'satdan Qiz Yigitga turtinib ketdi. Bir birlarini tanishdi. Qiz xech narsa bo'lmagandek samimiylik bilan dugonasi bilan gaplashib, yomg'ir tinishini kutib o'tirishdi. Sal uzoqroqda Yigit undan ko'z uzmasdi. Yigit Qizni oldiga kelib sekin gap boshladi...
Yigit: Qalesan Nozi?
Qiz: Yaxshi...
Yigit: Haliyam o'zgarmabsan o'sha o'sha samimiysan. O'shanda aytgan gaplarim uchun kechir mani. Man hammasini tushunib yetdim. San mani qanchalik sevgan bo'lsang man ham sani shunchalik sevarkanman. Hatto undan ham ortiqroq. Bu dunyoda sanday qiz bitta , yagona. Kechir mani. Sansiz yasholmiman. Sanga qanchalik azob berganimni endi tushundim. Mandan ketganinda qancha dard , qayg'u san bilan bo'lgan bo'sa , sani sevishimni tushunib yetganimdan keyin undan ham battar og'riqlar meni tinch qo'ymadi. Mani kechirasana? A aytgin mani jinnivoyim kechirasan a?
Qiz: Man uchun hammasi 8 oy oldin tamom bo'lgan. Xar doim kechirganman. Bu safarmas. Man tushundim , siz mani shunchaki xayoldagi xavasimsiz. Xayr...
Yigit sevdi...
Ammo endi u sevgan inson yonida bo'lmaydi...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев