[ Botanika]
O'simliklarning xilma-xilligi.
Yer yuzida 450000ga yaqin o'simlik turi uchraydi.Ular orasida faqat mikroskop yordamida ko'rish mumkin bo'lgan bir hujayrali suv o'tlari va balandligi 100m dan oshadigan ulkan turlari mavjud.Barcha o'simliklar haqiqiy yadroli eukariot organizmlar.Lekin bakteriyalar va zamburug'lar ham an'anaviy ravishda botanika kursida o'qitiladi.O'simliklar to'qima organlarining rivojlanishiga binoan tuban (suv o'tlari, zamburug'lar,lishayniklar) va yuksak (qolgan barchasi) o'simliklarga ajratiladi.Tuban o'simliklarning ixtisoslashgan to'qimalari va vegetativ organlari bo'lmaydi.Ko'payish xususiyatiga ko'ra barcha o'simliklar sporali(suv o'tlari,zamburug'lar, lishayniklar,moxlar, plaunlar,qirq bo'g'imlar, paporotniklar) va urug'li (ochiq urug'li va gulli) o'simliklarga ajratiladi. Yuksak o'simliklar tuzilishiga ko'ra daraxtlar, butalar,va o't o'simliklar kabi hayotiy xillarga, yashash muddatiga ko'ra bir yillik (qalampir, baqlajon,donli ekinlar), ikki yillik (piyoz va ildizmevali o'simliklar) va ko'p yillik (beda,daraxt va butalar) o'simliklarga bo'linadi.Bir yillik o'simliklar bir yil davomida o'sib,hosil beradi va vegetatsiya davrini tugatadi.Ikki yillik o'simliklar birinchi yili vegetativ massa hosil qiladi,ikkinchi yili hosil beradi va vegetatsiya davrini tugatadi.Ko'pchilik ko'p yillik o'simliklar voyaga yetgach,har yili gullab hosil beradi...>
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев