Yig'lama jonim boshingni egib.
Men ham qiynab qilmayman
so'roq.
Yashasang bas kimnidir sevib.
Seni baxting mendan
muhimroq!
Meni sevmabsan-u yuragim
berdim.
Naqadar azobdir aldanib
sevmoq.
Mensiz baxtli bo'lsang men
nima derdim.
Seni baxting mendan
muhimroq!
Menga tikon sanchdi o'zimni
gulim.
Duo qilay gulim ko'rmagin
zulm.
Iforingga o'taman chanqoq.
Seni baxting mendan
muhimroq!
Baxting uchun o'zdan
tonaman.
Baxting ko'rsam baxtdan
o'laman.
Sevdim seni shuni bilaman.
Seni baxting mendan
muhimroq!
To'yinga borsam yo'l qo'yib
g'urur.
So'z berishsa tanish oshiqqa.
Dimog'im bo'g'ilmay aytaman
mag'rur.
Seni baxting mendan
muhimroq!
Tanam uzra tortilsa tuproq.
U dunyoda boshlansa so'roq.
Qo'rqmay deyman unda gunoh
yo'q!
Seni baxting mendan
muhimroq...!!!
Qiz:
Ajib savdo bo'ldi, ne iloj,
Ayrildik.., ko'zlarimni
yumdim.
Sizga shaydo bo'lgan
yurakka,
Guldek muhabbatimni
ko'mdim.
Qiziq ekan dunyo ishlari,
Qo'l siltamoq bo'lsaydi oson.
O'ngidan kelmadi tushlarim,
Tanam jonsiz, ruh kezar
sarson.
Qarang, shamol daraht
gullarin,
Olib uchar uzoq-uzoqqa,
Qani edi, dil so'zim yozsam,
Sochlarimga qo'ngan
yaproqqa.
Yozdim yana hijron xatlari,
Bo'g'zimda titradi ovozlar.
Afsus, xatlar bormaydi sizga,
Sirdosh bo'ldi oppoq
qog'ozlar...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев