- “Stad Olimpik Emrin” deb nomlanuvchi Madagaskar chempionatida ishtirok etuvchi klub futbolchilari 2002-yilgi mavsum chempioni “AS Adema” jamoasi bilan bo’lgan bahsda o’z darvozalariga 149 ta avtogol kiritadilar. Bundan maqsad, ularning bir tur avvalgi o’yinda hakamlik qilgan referilar qarorlariga noroziliklarini namoyish etish bo’lgan.- 1998-yilda ingliz hakami Martin Silvester "District Sunday" ligasi bahslaridan birida futbolchini urgani uchun o’ziga qizil kartochka ko’rsatib maydonni tark etgan.- 1997-yilda Nigeriyalik Babayaro debyut mavsumi boshlanishidan avval “Chelsi”ning mavsumoldi yig’inlarida o’tkazilgan uchrashuvda o’z golini nishonlash davomida oyog’ini sindirib olib, bir necha oyga safdan chiqqan.- 1957-yilda “Charlton Atletik” jamoasi “Huddersfild Taun” jamoasi bilan bahs tugashiga 30 daqiqa qolganida 5-1 ko’rinishdagi hisobni 6-7 ko’rinishiga keltirib g’alaba qozongan.- 1950-yilgi Jahon chempionatida FIFA butsasiz (oyoqyalang) futbol o’ynashga ruxsat bermagani uchun Hindiston terma jamoasi ortga qaytishga majbur bo’lgan.- 1930 va 1950-yillaridagi finallardan tashqari har Jahon Chempionati finalida Yevropadan kamida bitta terma jamoa finalgacha yetib borgan. - Kot’d Ivuarning “ASEC Abidjan” klubi futbolchilari 1989 yildan 1994-yilgacha o’tkazilgan 108 bahsda raqib darvozasiga birorta ham to’p kirita olishmagan.- 1982-yilgi Jahon kubogi Ispaniyada bo‘lib o‘tadi va shundan buyon futbol olami ushbu musobaqani har doim
ispancha “mundial” so‘zi bilan atab keladi. - Futbol bo‘yicha ilk jahon chempionati 1930-yilda Urugvayda o‘tkazilgan va unda mezbonlar g'olib bo'lishgan. Shu yili Urugvay mustaqilligining 100 yilligini nishonlagan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев