”
Yangi qitʼa kashfiyotchisi Xristofor Kolumbga hasad qiladiganlar koʻp edi. Hasad bor joyda albatta gʻiybat boʻladi. Dengizchi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir toʻda alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga tosh otishayotgan ekan:
– Dengizdan suzib oʻtib, quruqlikka borish nima degan gap? Buni biz ham qila olamiz!
Xristofor ular oʻtirgan stol yaqiniga boradi va qovoqxona egasidan bir dona pishmagan tuxum soʻrab oladi.
– Janoblar, sizlar uddaburon va donosizlar. Bunga shubha yoʻq. Qani, mana shu tuxumni tik turgʻazib beringlar-chi!
Gʻiybatchilar guruhi har qancha urinmasin, bu ishni uddalay olmaydi.
– Boʻpti, oʻzing qil-chi! – deyishadi nihoyat.
Kolumb tuxumni oladi-da, tirs etkazib stolga uradi. Tuxumning uch qismi biroz pachoq boʻladi va u tik turib qoladi. Favqulodda holatni kutayotgan gʻiybatchilar birdaniga guvrab yuboradi:
– Eee, shuyam ishmi? Buni biz ham qila olamiz!
– Toʻgʻri, – deb javob beradi mashhur dengizchi. – Faqat Kolumbdan keyin.
👉 Mashhurlar hayotidan
Muxtor Mirzaqulov asos solgan telegram kanallarga obuna bo‘ling:
@muxtor_mirzaqulov_official
@xazinalar_oroli
@bilishdan_baxtiyormiz
@muxtar_media
@retro_trend
@tabriklar_va_qutlovlar_radio
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев