:
ENG QIZIQARLI FAKTLAR…
1. Jinoyatchining jinoyatini bo’yniga qo’yishda barmoq izlaridan foydalanish amali dunyoda birinchi bo’lib 1902 yili Daniyada paydo bo’lgan.

2. Tarvuz tarkibidagi likopen moddasi to’qimalarni ziyonlanishdan ehtiyot qiladi, odamni yurak xastaliklariga duchor bo’lish xavfidan xalos etadi. Tarvuzdagi sitrullin hamda arginin moddalari ham tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi, organizmda ortiqcha yog’lar yig’ilishini bartaraf etib turadi. Ayniqsa, arginin moddasi yurak uchun koni foyda. Qolaversa, tarvuz iste’mol qilish yordamida qon bosimini tushirish osonroq kechadi.

3. Shimoliy Koreyada faqat harbiylar va hukumat a’zolarigina mashina sotib olish, shaxsiy avtomobiliga ega bo’lish huquqiga ega.

4. Qadimda Rossiyaliklar marvaridni tozalash uchun avval uni tovuqqa yutdirishgan. Keyin tovuqni so’yib oshqozonidan tozalangan marvaridni chiqarib olishgan.

5. Nonli stakandagi muzqaymoq ilk bor 1904 yili Sent-Luis shahrida namoyish etilgan.

6. 1872 yili Italiyada qizlarga 12 yoshdan turmushga chiqish huquqi berildi. Bunga qadar qizlar 12 yoshga yetmasdan turib ham turmushga chiqa olishardi.

7. 9-16- asrlar oralig’ida Angliyada bir qonun mavjud bo’lgan. Bu qonunga ko’ra angliyalik erkaklar har kuni kamondan o’q otish mashqini bajarishi majburiy edi.

8. Dunyo tarixida qor ham turli ranglarda yog’ganligi ko’p marotaba kuzatilgan. Masalan, 1969 yili Shveysariyada qora rangli qor yog’gan. 1955 yili esa Kaliforniyani yashil qor qoplagandi.

9. Dunyodagi eng keksa, qadimiy aloqa bo’limi Shotlandiyaning «Sanquer» shahrida joylashgan. Bu aloqa bo’limi 1712 yili ishga tushirilgan.

10. Yangi tug’ilgan chaqaloq daqiqasiga 40 marotaba nafas olib, nafas chiqaradi. Kattalarning bu xususdagi ko’rsatkichi esa daqiqasiga 12-20 martani tashkil etadi.
Muxtor Mirzaqulov siz obunachilar uchun qiziqarli faktlarni taqdim etishni davom etadi.
@zakovat_intellekt
Okeanlarda 10 milliard tonna oltin bor. Inson tanasida esa u 2 milligramm.
Oltin shu qadar egiluvchanki, uni hatto tikuv ipiga aylantirib, bir unsiya (31,1 gramm) oltinnni 50 mil (80 kilometr)dan ortiqroq masofaga cho‘zdirish mumkin.
Hisoblarga qaraganda, dunyo okeanlarida jami 10 milliard tonna oltin bor ekan. Bu har bir mil kub dengiz suvida 25 tonnaga teng degani.
Inson tanasida 2 milligramm oltin bo‘lib, uning aksariyati qonda bo‘lar ekan.
Sof oltin shu qadar yumshoqki, uni qo‘llar bilan ezib, muayyan shaklga keltirish mumkin.
Kichik miqdorda oltinni iste’mol qilish mumkin. Ba’zi Osiyo mamlakatlari bu metalni mevalar, shirinliklar, qahva va choyga qo‘shadilar. Yevropaliklar 1500 yillardan boshlab tilladan hosil qilingan bargchalarni likyorlarga qo‘shishni boshlagan. Bundan tashqari, dunyodagi eng qimmat gamburgerlarga oltin parchalari qo‘shiladi.
Miloddan avvalgi 300 yilda yunonlar va yahudiylar alkimyo bilan shug‘ullanib, asl bo‘lmagan metallarni oltinga aylantirishga intilishi O‘rta asrlarning oxiri va Uyg‘onish davrida yuqori cho‘qqiga chiqqan.
Yigirma to‘rt karat oltin sof elementlar oltinidir. O‘n sakkiz karatli oltin tarkibida yetmish besh foiz toza oltin bor. O‘n to‘rt karat oltin – 58,5 foizga va o‘n karatli oltin 41,7 foizga teng. Metalning qolgan qismi odatda kumushdan iborat. Lekin boshqa metallar yoki platina, mis, palladiy, nikel temir va kadmiy kabi metallarning birikmasidan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Dunyodagi eng katta oltin zaxirasi Amerikaning Nyu-York Federal zaxira bankida joylashgan. U dunyodagi oltin zaxirasining yigirma besh foizini (540 ming oltin quyma) o‘zi ichiga oladi. Ularning aksariyati xorijiy hukumatlarga tegishli.
Dunyoda birinchi oltin sotadigan va o‘zi ham 24 karatli oltin bilan qoplangan avtomat mashinasi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahridagi hashamatli mehmonxonada joylashtirilgan bo‘lib, u 2010 yil may oyida ochilgan.
“Oltin” so‘zi inglizcha “geo” (geo) so‘zidan olingan bo‘lib, u sariq degan ma’noni anglatadi.
Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, oltin va mis miloddan avvalgi 5000 yilda kashf qilingan birinchi metallar sarasiga kiradi.
Oltin selsiy bo‘yicha 1,064.43 haroratda eriydi. U issiqlik va elektr energiyasini o‘tkazadi. U hech qachon zanglamaydi.
kanalimizga obuna bulish uchun pastga bosin
👇👇👇
Muxtor Mirzaqulov siz obunachilar uchun qiziqarli faktlarni taqdim etishni davom etadi.
@zakovat_intellekt
Koinot haqida qiziqarli faktlar:
• Koinotdagi eng katta qora
tuynuk N4889 bo'lib, u
quyoshdan 20 mlrd. marta katta.
• Galaktikadagi yulduzlarni
sanashga kirishsangiz,
hammasini sanab chiqishga
kamida 3 ming yil kerak.
• Hamma sayyoralar ichida
Yupiter o'z o'qi atrofida eng tez
aylanishi aniqlangan. Yupiter
yuzasidagi nuqta yer hisobi bilan
soatiga 500 kilometr tezlikda
harakatlanar ekan. Yupiterda
sutka atigi o'n soatcha davom
etadi.
• Quyoshdan kelayotgan
shamollar oqimini Yerning
magnit maydoni sharq yoki g'arb
tomonga yo'naltiradi.
• Aslida Saturn sayyorasi juda
yengil. Uning o'rtacha zichligi
suvning zichligidan deyarli ikki
marta kichikroq. Agar uni suvga
tushurishni iloji bo'lganida edi, u
cho'kmasdan suv yuzasida suzib
yurgan bo'lar edi.
• Yupiterning ichiga Quyosh
sistemasidagi barcha sayyoralar
joylashgan bo'lar edi.
• Betelgeyze yulduzining diametri
Yerning Quyosh atrofidagi
orbitasidan kattaroq.
• Har yili Galaktikamizda 40 ga
yaqin yulduzlar paydo bo'ladi.
• Biz koinot bo'ylab 530 km/sek
tezlik bilan harakatlanmoqdamiz.
Galaktikamiz ichida Yer 225 km/
sek tezlikda harakatlanadi, bu
vaqtda esa Somon Yo'li (bizning
galaktika) koinot bo'ylab 305 km/
sek tezlik bilan harakatlanmoqda.
• Vaznsizlik holatida barcha
odamlar tahminan 5 santimetr
balandroq bo'ladi. Yerda esa
gravitatsiya umurtqaga bosim
beradi, lekin koinotda umurtqaga
hech nima ta'sir qilmaydi va u bor
uzunligida rostlanadi.
Muxtor Mirzaqulov siz obunachilar uchun qiziqarli faktlarni taqdim etishni davom etadi.
@zakovat_intellekt
Kitoblar haqida siz bilgan va bilmagan faktlar
Butun dunyoda hozirgi kungacha 130 millionga(129,864,880 aniq soni) yaqin kitoblar nashr etilgan.
Dunyodagi barcha kitoblarni oqib tugatish uchun 60,000 yil kerak boladi.
1901-1909-yillari Amerika prezidenti bolgan Teador Rusevelt kuniga bitta kitob oqigan ekan.
Shu kungacha eng uzun gap 823 ta sozdan iborat bolgan.
Birinchi marta bestseller atamasi Amerika yozuvchisi Alis Braunning Fools of Nature kitobi uchun ishlatilgan.
Dunyodagi har 5 ta boladan 1 tasi oqish yoki yozishni bilmaydi. Eng kop oqish-yozish bilmaydiganlar Janubiy va Shimoliy Osiyo va Afrika davlatlarida yashaydilar.
Dunyodagi eng kop kitob oqiydiganlar Hindistonda yashaydi. Ular haftasiga 10 soatini mutolaa uchun sarf qilishadi.
Ortacha hisobda bitta roman yozish uchun 475 soat ketarkan.
Kitobni kimlar koproq xarid qiladi ayollarmi yoki erkaklar? Statistik malumotlar 68% kitoblarni ayollar sotib olishini korsatmoqda.
Kopchilik insonlar mutolaaning 18 – varogiga kelganida kitobga bolgan qiziqishlarini yoqotishadi. Albatta, qayta-qayta mutolaa qilib oqiydigan kitoblarimiz bundan mustasno.
“Bookworm” ( kitob o`qishni sevuvchi inson) atamasi aslida kitob muqovalari bilan oziqlanadigan hashoratlardan kelib chiqqan.
kanalimizga obuna bulish uchun pastga bosin
👇👇👇
Muxtor Mirzaqulov siz obunachilar uchun qiziqarli faktlarni taqdim etishni davom etadi.
@zakovat_intellekt
Kofe haqida faktlar
1475 yili Konstantinopolda birinchi maxsus qahva do‘koni (Kiva xan) ochilgan. 1564 yil Istanbulda ilk ommaviy qahvaxona ishga tushgan.
Birinchi shaxmat o‘yinlari qahvaxonalarda o‘tkazilgan.
1732 yili qahvaga bag‘ishlangan birinchi san’at asari yaratildi: Iogann Sebastyan Bax «Kofe Kantata»sini yozdi.
1899 yili shveysariyalik kimyogar Maks Morgentaller eriydigan qahvani kashf qildi.
Usmonli turklar imperiyasi ayollarga eri kundalik qahva xarajatlariga pul topolmayotgani uchun ajrashishlariga ruxsat bergan.
Norvegiya olimlari kuniga uch finjon qahva ichish alkogolning tanaga salbiy ta’sirini kesadi degan xulosaga keldi.
1995 yilgi statistika ma’lumotlarga ko‘ra qahva sarf qilinishi bo‘yicha dunyoda neftdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Hozir qahva 65 ta mamlakatda o‘stirilmoqda.
Qahva 1200 ga yaqin kimyoviy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi. Ulardan 800 tasi qahvaning ta’mi yaxshi bo‘lishini ta’minlaydigan birikmalardir.
Bir piyola qahva xotira va kayfiyatni yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, jigar sirrozi(qurishi) xavfini kamaytiradi.
Ba’zi mamlakatlarda qahvaga atab o‘tkaziladigan bayramlar bor. «Qahva kuni» 12 sentyabrda Kosta Rikada, 19 sentyabrda Irlandiya, 1 oktyabr kuni Yaponiyada nishonlanadi.
kanalimizga obuna bulish uchun pastga bosin
👇👇👇
Muxtor Mirzaqulov siz obunachilar uchun qiziqarli faktlarni taqdim etishni davom etadi.
@zakovat_intellekt
Shimoliy Koreya haqida 15 ta ishonib bo‘lmas fakt
Shimoliy Koreyada ayollar uchun qonunan ruxsat etilgan 18 xil, erkaklar uchun esa 10 xil soch turmagi bor.
KXDRda chuchxe kalendari amal qiladi. Kalendar davlatni 1948 — 1994-yillarda boshqargan Kim Ir Senning tug‘ilgan yili 1912-yildan boshlab hisoblangan, shuning uchun hozir davlatda 105-yil hisoblanadi.
Pxenyanda qad rostlab turgan Ryugyon mehmonxonasi balandligi bo‘yicha dunyoda 24-o‘rinda turadi. Biroq u foydalanishga topshirilmagan, uning 3000 ta xonasi bo‘m-bo‘sh yotibdi.
2014-yilda Kim Chen In Choco Pie’ning ommabopligidan xavfsirab, uni kapitalizmning ramzi sifatida mamlakatda taqiqladi. Janubiy koreyaliklar esa och qolgan shimoliy koreyaliklarga havo sharlari yordamida Choco Pie jo‘nata boshladi.
Shimoliy Koreyada ko‘k jinsi shim kiyish taqiqlangan. U Amerika imperalizmi ramzi hisoblanadi.
Davlatda “uch avlodni jazolash” mavjud. Buning ma’nosi shuki, kimdir qamoqqa tushsa, u bilan butun oila qamoqqa ketadi, keyingi ikki avlod esa qamoqda tug‘iladi va butun umrini shu yerda o‘tkazadi.
Shimoliy Koreya shu darajada kam elektr energiyasi ishlab chiqaradiki, u koinotdan deyarli ko‘rinmaydi.
Kim Chen Ir vafot etgandan so‘ng minglab fuqarolar qamoqqa olingan. Ular dohiyning vafoti uchun kam yig‘laganlikda ayblangan.
Mamlakatdagi har bir uy xo‘jaligi va biznes obyektida radio o‘rnatilgan. U hukumat tomonidan nazorat qilinadi va uni o‘chirish taqiqlangan.
Har bir o‘qituvchi akkordeon chalishni bilishi shart. Bu musiqa asbobi “milliy” cholg‘u hisoblanadi, uni dala ishlariga olib borish mumkin.
KXDR 2015-yilda o‘zining soat mintaqasini yaratdi. Avval esa mamlakatda Janubiy Koreya va Yaponiya bilan bir xil soat mintaqasi amal qilgan.
2012-yilda mamlakat arxeologlari Qadimgi Koreya qiroli Tonmenga tegishli bo‘lgan shoxli ot uyasini topdi.
Shimoliy Koreya Coca-Cola sotib olish taqiqlangan ikki davlatning biri hisoblanadi. Ikkinchi davlat esa Kuba.
KXDR aholisi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatiga ega emas. Internetdan faqat hukumat va davlat tashkilotlari ehtiyojlari uchun foydalaniladi. 2015-yilda internetga ulangan faol IP-manzillar soni 1500 tadan oshmagan.
AQShning egallab olingan “Pueblo” kemasi sayyohlar tashrif buyuradigan yodgorlikka aylangan. Razvedka kemasi 1968-yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lib, mamlakat aholisi uchun Amerika imperializmi ustidan qozonilgan g‘alaba ramzi hisoblanadi.
kanalimizga obuna bulish uchun pastga bosin
👇👇👇
Muxtor Mirzaqulov siz obunachilar uchun qiziqarli faktlarni taqdim etishni davom etadi.
@zakovat_intellekt
ENG QIZIQARLI FAKTLAR
Qora mamba-Afrika kontinentining zaharli iloni. U dunyodagi eng tezkor ilon.
Dunyoda 900 millionga yaqin odam o’qish va yozishni bilmaydi.
Faqatgina Rossiya davlatidan o’tgan gaz quvurlari Ekvatorni yetti marta aylanib chiqishga yetadi.
Agar oy bo’lmaganida yerdagi fasllar navbati buzilgan, 1 sutka sakkiz soat, bir yil esa 1000 kundan iborat bo’lgan bo’lar edi.
Dunyo bo’yicha eng ko’p sotilgan uyali telefon bu Nokia 1100.
Aslida Saturn sayyorasi juda yengil. Uning o’rtacha zichligi suvning zichligidan ikki marta kichikroq. Agar uni suvga tushurib bo’lganda u cho’kmasdan suv yuzasida suzib yurgan bo’lardi.
Dinozavrlar paytida yashagan eng katta ilon – Titanoboa.
Gipertenziya– inson har daqiqada o’z umri davomida bo’lgan voqealarni eslab turishidir. Bu esa kam uchraydigan holat.
Inson bir kunlik vaqtidan 10 foizini ko’z yumib ochishga sarflaydi.
Eng sezgir va ta’sirchan barmoq – ko’rsatgich barmoqdir.
Lablarini qizil pomadalar bilan bo’yab yuradigan qizlar ko’proq jilmayishadi.
Baqalar suv ichishmaydi. Ular suvni terilari orqali shimib olishadi.
Coca-colaning reklamaga sarflaydigan puli Microsoft va Apple kompaniyalarining birgalikda reklama uchun sarflaydigan pulidan ko’proq.
Dunyodagi eng qimmat ruchka Fulgor Nocturnus Tibaldi ruchkasi, u 18-karat oltindan yasalgan va 2197 ta qimmatbaho kichik toshlar bilan bezatilgan bo’lib, uning narxi 9000000 dollar.
Qishda quyosh yerga yozdagiga nisbatan besh million kilometr yaqinda bo’ladi.
“Masha va maymoq” multseriali uning egalariga yiliga 225.000 dollar foyda keltiradi.
Xavosi eng toza davlat bu – Shvetsariyadir.
Dunyo bo’yicha birinchi marta 1882 yilda Germaniyada trollebuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan.
Shvedsiyada bolalarga maktabga borganlari uchun davlat 187 dollar to’laydi.
Avstriyada uyingizda issiq suvni uzib qo’yishsa siz ishga bormaslikka haqqingiz bor hisoblanar ekan.
Dunyodagi eng katta azart o’yinlar markazi Las-Vegasda emas, Xitoyda joylashgan.
Coca-Cola 1886 yil ilk marta sotuvga chiqarilgan va o’sha yili atigi 25 dona mahsulot sotgan.
Amorfofalus gulining uzunligi 3 metr , og’irligi 75 kg.
20 – asr o’rtalarida Samsung kichik savdo kompaniyasi bo’lgan va lag’mon, baliq savdosi bilan shug’ullangan.
Bulutlar 500 tonnagacha bo’lishi mumkin.
Tinch okeanining shunday nuqtasi borki, u yerdan tunel qazib, yer sharining narigi tomoniga o’tilsa yana shu okeanga chiqish mumkin.
Tennessi shtatining Dayyersberg shahrida qiz bola o’g’il bolaga qo’ng’iroq qilib, uni uchrashuvga taklif qilishi qonunbuzarlik hisoblanar ekan.
Oddiy suvdan tayyorlangan muz bo’larlari oq rangda bo’ladi. Qaynagan suvdan tayyorlangani esa shaffof rangda bo’ladi.
Adolf Gitler o’z askarlariga malla sochli ayollarga uylanishni taqiqlagan.
Dunyoga mashxur aktyor va sportchi Bruce Lee Xitoyda emas, 1940-yil 27-noyabrda AQShning San Fransisko shahrida tug’ilgan.
Ninachi bor yo’g’i 24 soat umr ko’radi.
Cho’chqalar osmonga qaray olishmaydi.
Muxtor Mirzaqulov siz obunachilar uchun qiziqarli faktlarni taqdim etishni davom etadi.
@zakovat_intellekt
@zakovat_intellekt
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев