ZILZILA HAQIDA FAKTLAR
1. So‘nggi 400 yil ichida zilzilalar tufayli dunyo bo‘yicha 13 million kishi o‘lim topgan.
2. Zilzila kuchini aniq hisoblashning imkoni yo‘q. Qachonlardir amerikalik Charlz Rixter va Beno Gutenberglar tarafidan ishlab chiqilgan 12 balli shkala ham sub’yektiv hisob-kitob sanaladi.
3. Yaponiyada XVII asr boshi va XX asr o‘rtalarida jami 17 ta kuchli yer silkinishi kuzatilgan. Oqibatda ming nafardan ziyod odam halok bo‘lgan.
4. Insoniyat tarixida dahshatli zilzila 1755 yil 1 noyabr kuni Portugaliyada sodir bo‘lgan. Jami uch martalik kuchli yer silkinishi mamlakat poytaxti Lissabon shahrini deyarli yer bilan yakson qilgan. O‘sha kuni katoliklar ilohlar kunini nishonlashayotgandi. Yer silkinishiga ibodatxonalar ham dosh bera olmadi. Minglab odamlar vayronalar ostida qolib ketdi. Omadi chopib qochishga ulgurganlar dengiz tomon chopa ketdi. Tabiiy ofat ularga atigi yarim soatgina vaqt berdi. Keyin balandligi 12 metrdan ortiq to‘lqinlar quturdi. Oradan hech qancha o‘tmay, yong‘inlar boshlandi. Buning oqibatida 5 mingta uy kuyib kul bo‘ldi. Taxminan 60 000 odam qurbon bo‘ldi.
5. 1906 yili kuchli yer silkinishi San-Fransiskoni vayronaga aylantirdi. U paytlarda Las-Vegas, Rino mavjud emasdi. Shuning uchun San-Fransisko Amerikaning sharqiy sohillardagi poytaxti hisoblanardi. Zilzila ta’sirida yer yorila bordi. Minglab uylar vayron bo‘ldi. Kuchli yong‘inlar boshlandi. Zilzilaga dosh bera olmay suv oqadigan trubalar ham yorilib bitgandi. Shuning natijasida o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etish uchun suv topa olmadi. Gaz zavodida portlash sodir bo‘ldi. Zilzila tufayli 200 000 kishi o‘limga yuz tutdi. 30 000 ga yaqin uy xarobaga aylandi.
6. 1960 yil 21 fevral kuni Jazoirning Meluz shahrida kuchli yer silkinishi yuz berdi. 47 kishi halok bo‘ldi, 88 kishi og‘ir jarohat oldi. 29 fevralda esa Jazoirga qo‘shni Marokashda ham yer silkinish hodisasi kuzatildi. 15 000 kishi halok bo‘ldi, 12 000 kishi jarohatlandi. Agadir shahri yer bilan yakson bo‘ldi. 24 aprelda esa zilzila Eronga tashrif buyurdi. Lar shahrida jami 450 kishi o‘limga yuz tutdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Chilida shunday tabiiy ofat sodir bo‘ldi. Zilzilaning magnituda kuchi esa rekord darajani, ya’ni, 9, 5 ballni tashkil etdi. Taxminan 10 000 ga yaqin odam yorug‘ dunyoni tark etdi.
ASTAGʻFIRILLO!!!
@zakovat_intellekt
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев