1. Portugaliyada ishga chiqmaslikka yomg‘ir uzrli sababdir.
2. Para shahrida odamlar yomg‘irga qarab soatlarini to‘g‘rillashadi, chunki u yerda yomg`ir har kuni bir vaqtda yog‘adi.
3. Darts o‘yini yomg‘ir sababli paydo bo‘ldi. Bir paytlar kamonchilar musobaqa davomida yomg‘irda qolib ketishadi. Ana shundan keyin kamonchilar pivoxonaga borib, kichik nayzalarni devorda osiq turgan nishonga qarab otishni boshlashdi.
4. Haqiqatdan ham yomg‘irning hidi yo‘q. Yomg‘irning xushbo‘y hidi deb biladiganimiz, aslida aktino- va sianobakteriyalar ishlab chiqaradi. Yomg‘irga hid beradigan modda geosmin deb ataladi.
5. Uganda aholisini momaqaldiroq bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi. Chunki ularda yomg‘ir bilan momaqaldiroq yiliga 250 marta yog‘adi.
6. Radio bo‘yicha ob-havo bashoratining berilishiga yomg‘ir sababchi bo‘lgan. Amerika radiostansiyasi rahbari yomg‘irda qolib ketganidan so‘ng, yomg‘ir haqida sutkasiga bir necha bor ma’lumot beradigan ob-havo rubrikasini joriy qilgan.
7. Qurg‘oq Bostsvanada insonlar bir-birlari bilan pula deb salomlashishadi, uning ma’nosi "yomg‘ir” ni anglatadi, undan tashqari ushbu davlatning pul birligi ham "yomg‘ir” deb ataladi.
8. Kubada yomg‘ir faqat siyesta (tushlikdan keyingi vaqt) paytida yog‘adi, Tailanda esa faqatgina tunda.
9. XVII asrda Buyuk Britaniyada shunday qonun qabul qilinganki, noto‘g‘ri yomg‘irni bashorat qilgan sinoptik qatl qilinar edi.
10. Odamzod yomg‘irning tagida quppa-quruq qolishi mumkin, agarda u cho‘lda bo‘lsa. Aslida cho‘lda yomg‘ir yog‘adi, lekin yomg‘ir haqida bila olmaysiz, chunki issiq havo tufayli yomg‘ir tomchilari bug‘lanib yergacha yetib kelmaydi.
11. Barcha Gidrometsetr iboralari aniq ma’noga ega. Misol uchun, "qisqa muddatlik yomg‘ir”deyilganda, yomg‘ir 3 soatdan ko‘p yog‘maydi degani. "Yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda” iborasi, yomg‘irning yarim sutkadan kam yog‘masligini anglatadi. "Ko‘p miqdorsiz yog‘ingarchiliklar” degani, yomg‘ir umuman yog‘maydi degani emas, bu degani har bir kvadrat metrga 0,3 litrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yomg‘ir yog‘adi degani.
12. Cherapundja (Hindiston) dunyodagi eng yomg‘irli shahardir. Yiliga 26460 mm yomg‘ir yog‘adi.
13. Oddiy yomg‘irning kislotnosti — pH 5,6. Agar kislotnost darajasi pasayib ketsa, yomg‘ir kislotali deyiladi. pH 5,5 yomg‘ir darajasida bakteriyalar o‘ladi, 4,5 darajada esa hashoratlar, qumursqalar va baliqlar o‘ladi.
14. Ogayo shtatining Uaynsberg shahrida, 29-iyul kuni yildan yilga yuz yillar mobaynida yomg‘ir yog‘adi.
15. Bugungi kunda sun’iy yomg‘ir tashkil qilsa bo‘ladi. Samolyotdan quruq yaxning bo’laklarini bulutlarga tashlasa yomg‘irga aylanadi. Bulutlarda uglekislota suv bilan aralashib qor shaklida tushadi, tushgunigacha qor parchalari isib yomg‘irga aylanadi. Shunday qilib qurg‘oqchilikka qarshi qurashsa yoki bulutlarni tarqatsa bo‘ladi.
16. Yiliga yerga 519 000 km³ yomg‘ir yog‘adi. (Har km³ bu milliard tonna suv degani).
17. Tahminan yuz millionda bitta odamda yomg‘irga nisbatan allergiya bo‘ladi. Suvning har bir turi badanga tushsa qizarishni, shishishni keltiradi, agarda bunday insonlar yomg‘ir tagida qolsa vafot etishlari hech gap emas.
18. San-Fransiskodagi meteostansiya yog‘ingarchilikning ehtimoli kattaligiga qarab e’lon qiladi.
19. Eng og‘ir do‘l Gopalgandj shahrida 1986 yili 16 aprelda yoqqan. Bitta do‘lning og‘irligi 1kg ortiq bo‘lib, bunday "yomg‘ircha” dastidan 92 inson vafot etgan.
20. Dunyoning eng ko‘p yog‘ingarchilik bo‘ladigan nuqtalarida, qishda suv yetishmovchiliklari bo‘lar ekan. Yomg‘ir fasllaridan keyin shunday qurg‘oqchilik kelar ekanki, hatto aholi suvni boshqa shaharlardan sotib olar ekan.
@zakovat_intellekt
PUL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…
1. 100 000 dollarlik qog'oz pul ilk bor 1934 yili muomalaga chiqarilgan.
2. Amerikada 1 dan 20 dollargacha bo'lgan pullar eng mashhur hisoblanadi.
3. Xitoyda pul ilk marotaba 812 yili zarb etilgan.
4. 1788 yili Oliver Pollok qog'ozdan pul yasashni boshlab bergan.
5. Amerika qog'oz pullariga tirik odamning suratini qo'yish taqiqlangan.
6. Xitoylik bilan tez fursatda tanishib, do'stlashish usuli bu puldir.
7. Shvetsiya kumush tangalari dunyodagi eng og'ir vaznli tangalar hisoblanadi.
8. Misdan yasalgan eng og'ir pul Yekaterina I farmoniga asosan 1725 yili ishlab chiqarilgan. Bu pulning sof vazni 1, 6 kilogrammga teng bo'lgan.
9. Kelt qabilasi a'zosi birovdan qarz olgan payt o'lganidan keyin albatta qaytarishga qasam ichgan.
10. Qadimiy Gretsiyada birovdan qarzi bor odam to qarzini uzmaguncha qarzdorligi aks etgan maxsus tablichkani bo'yniga osib yurgan.
11. 1748 yili Lomonosovga 2 ming rubl miqdorida mukofot puli berishgan. Pullarni uyiga olib ketish uchun u arava yollagan.
12. Peruda qalbaki pul yasash bilan shug'ullanib qamalgan ariston turmaning o'zida ham qalbaki pul yasash bilan shug'ullanadi.
13. O'n to'qqizinchi asrda Alyaskada pullar toza charmdan yasalgan.
14. Dunyodagi ilk bankomat 1939 yili paydo bo'lgan.
15. O'n sakkizinchi asrda kvadrat shakldagi tangalar zarb etilgan.
@zakovat_intellekt
ANTARKTIDA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Antarktida dunyoning hech bir davlatiga tegishli emas.
2. Antarktida yer yuzidagi janubiy kontinent hisoblanadi.
3. Antarktidaning umumiy yer maydoni 14 mln 107 ming kv kilometrga teng.
4. Antarktidada eng issiq payt fevral oyi hisoblanadi. Xuddi shu oyda olimlar smena almashadi.
5. Antarktidada rasmiy hukumat va mahalliy aholi yo'q.
6. Antarktida o'zining telefon kodi va alohida bayrog'iga ega.
7. Antarktida 1820 yil 28 yanvarda ochilgan.
8. Antarktida o'z valyutasiga ega. Lekin bu valyuta faqat mintaqa ichkarisida haqiqiy hisoblanadi.
9. Ilmiy stansiya xodimlarining kundalik ovqatlanish ratsioniga pivo ham kiritilgan.
10. 1999 yili Antarktidada umumiy hajmi London shahrining hajmiga teng muz ko'chgan.
11. Antarktidada havo harorati maksimum -91, 2 darajaga teng. Yozda havo harorati -30-50 darajagacha ko'tariladi.
12. Antarktida yer yuzidagi eng quruq mintaqa hisoblanadi. Bu yerdagi Quruq Vodiy deb nomlangan hududga 2 mln yildan beri bir tomchi ham yomg'ir tushmagan.
13. Aynan shu mintaqada imperator pingvinlari istiqomat qiladi.
14. Agar Antarktidadagi jami muzliklar erib ketsa, okeandagi suv sathi 60 metr yuqoriga ko'tariladi.
15. Antarktidada shunday baliqlar yashaydiki, ularning qoni rangsiz. Chunki bu qon tarkibida gemoglabin va eritrotsitlar umuman yo'q. Shunga yarasha qon tarkibida shunday modda borki, uning sharofati bilan bu baliqlar har qanday sovuq haroratda ham muzlab qolmaydi.
16. 1961 yil 29 aprel kuni Antarktidadagi sovetlar ekspeditsiyasi a'zosi, vrach Leonid Rogozov o'z ustida jarrohlik amaliyotini tashkil etib, ko'richagini olib tashlagan. Amaliyot 2 soat davom etgan va muvaffaqiyatli yakun topgan.
17. Antarktidada oq ayiqlar yashamaydi. Chunki bu yer oq ayiqlar uchun sovuqlik qiladi.
18. Antarktidada juda kuchli shamollar esadi va quyoshdan zaharli radiatsiya nurlari dunyoning boshqa hududlariga nisbatan ko'proq miqdorda tushadi.
19. Antarktidada dunyoning eng zilol suvli dengizi bor. Siz 80 metr chuqurlikda nimalar borligini bemalol ko'ra olasiz.
20. Antarktidada ham daryo bor. U Oniks deb atalib, faqat yoz faslida oqadi. Bu jarayon ikki oygina davom etadi. Daryoning uzunligi 40 kilometrga teng. Bu daryoda umuman baliq yo'q.
21. Teylor vodiysida qonli sharshara bor. Suvi qon rangida. Bunga suv tarkibida temir moddasi ko'pligi asosiy sababchidir. Sharshara suvi hech qachon muzlamaydi. Negaki, bu suv dengiz suvidan 10-15 barobar sho'rroq.
22. Antarktidadagi muzlikning maksimal qalinligi 3800 metrdan iborat.
23. Antarktidadagi hududlardan birida diametri 500 kilometrga teng krater mavjud.
24. Antarktida chumolilar yashamaydigan yagona mintaqa sanaladi.
25. Antarktidada «Do'zax darvozasi» deb nomlangan hudud bor. Bu yerda havo harorati -95 darajani tashkil etadi. Shamolning tezligi soatiga 200 kilometrgacha yetadi.
26. Antarktidada yashovchi moviy kit bir kunda 3600 kilogrammga teng qisqichbaqani yeb bitiradi.
@zakovat_intellekt
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев