Yopishqoq baliqlar - katta baliq, kit va dengiz toshbaqalari orqasi va bosh qismiga yopishib, ular bilan birga dengizda sayohat qilishadi.
Yevropada vabo kasalligi tarqalishiga mushuklar sababchi deb o'ylashgan. Ularni ,,shayton xizmatkori'' deb bilishgan. Ularni qirib tashlashgach esa vabo battar avj olgan. Sababi mushuk yo'qligi tufayli kasallik tarqatuvchi kalamushlar keskin ko'payib ketgan!
Choy Yevropada endi paydo bo’lganida u to’g’rida hali hech narsa ma’lum bo’lmagan va qirollik qabullarning birida xitoydan olib kelingan choy barglaridan salat tayyorlangan.
Agar siz baxtni uzoklardan ta’qib qilayotganingizda shundoq oldingizdan chiqib qolsa, xuddi siz ko‘zoynagini izlayotgan kampir kabidirsiz, baxt har doim burningiz uchidadur!
© Josh Billings
BITTA MASLAHAT UCHUN $100 000!
50 yillar oldin tish pastasi ishlab chiqaruvchi odamning kabinetiga bir odam keladi va kompaniyaning daromadini 40%ga oshira olishini aytadi. Bu sirni aytishi uchun u 100 ming dollar so‘raydi. O‘sha vaqtlarda katta pul bo‘lgan bu summani kompaniya rahbariyati to‘lashni istamaydi va o‘z mutaxassislarini majlisga yig‘adi. Ular o‘sha odam topgan sirni aniqlashlari kerak edi. Biroq, ular bu sirni aniqlay olmaganidan keyin rahbar o‘sha summa uchun chek yozib berishga majbur bo‘ladi.
Sirga javob tariqasida u maktub oladi, bu maktubda esa quyidagi uchta so‘z yozilgandi: "Tyubik og‘zini kattalating". Kompaniya tyubik og‘zini 5 mmdan 6 mmgacha oshirdi. Shundan so‘ng tish cho‘tkasi uchun sarf qilinadigan bir martalik pasta miqdori 40%ga oshgan.
Tish pastalari sotuvi oshgan, ya’ni u iste’molchilarda tez tugab qola boshlagan. Buni hech kim payqamagan, payqasa ham shikoyat uchun sabab topa olmasdi.
,,Daruma'' qo'g'irchog'i tayyorlangan paytda unda ko'z bo'lmaydi. Yangi yil arafasida tilak aytilib, unga bitta ko'z chiziladi. Qachon shu tilak ro'yobga chiqsa, ikkinchisi ochiladi.
Apple har daqiqada taxminan 300 ming dollar ishlab topadi.
4000 yil oldin Bobilda, odat bo’yicha, kelinning otasi to’ydan keyin bir oy davomida kuyovini asal pivosi bilan sug’organ. Shuning uchun bu oy «asal oyi» deb nomlangan.
Internetda Tom Henksning ismi T. Hanks shaklida yozilgan suratlar keng tarqalgan. Bu suratlar minnatdorchilik (thanks) uchun ishlatiladi!
Inson tug'ilganda miyadagi hujayralar soni taxminan 14 milliardga yaqin bo‘ladi. Bu son umrning oxirigacha o‘smaydi, aksincha yosh 25 dan o‘tganda kuniga 100 000 donagacha kamayadi. Bir daqiqa kitob o‘qiganda miyadagi o‘rtacha 70 dona hujayra nobud bo‘ladi. 40 yoshdan keyin miyada juda katta o‘zgarish kuzatiladi, yo‘qotish keskin oshadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев