Fobiya so’zi yunon tilidan tarjima qilinganda qo’rquv, vahima degan ma’nolarni anglatadi. Biroq, fobiyalarga shunchaki qo’rquv sifatida qarash kerak emas. U inson ruhiyatiga bog’liqligi, qo’rquvdan farqli ravishda doimiy takrorlanishi bilan ajralib turadi va quyidagi belgilar orqali namoyon bo’ladi:
- Yurakning kuchli va tez urib ketishi;
- Terga botish;
- Titroq
- Og’iz bo’shlig’ining qurib qolishi
- Nafas olishning qiyinlashishi
- Bo’g’ilish hissi
- Ko’krak sohasidagi og’riq va noqulaylik
- Ko’ngil aynishi
- Qorin sohasidagi yoqimsiz his;
- Bosh aylanishi, hushdan ketish;
- Nazoratning yo’qolishi
- O’lim qo’rquvi
- Isitmani ko’tarilishi va hokozo
Eng keng tarqalgan fobiya turi agorafobiya va ijtimoiy fobiya hisoblanadi.
Agorafobiya yaqin odamlarsiz sayr qilish, ko’pchilikning ichida yolg’iz bo’lish, “birdan ahvol yomonlashish”i va yordamsiz qolib ketish qo’rquvi sabab, yolg’iz yura olmaslikdir.
Ijtimoiy fobiya esa barchaning e’tibor markazida bo’lishdan qo’rqish bo’lib, u qahvaxonalar, turli o’tirish va bazmlar, majlis, seminarlar chog’ida namoyon bo’ladi.
aylurofobiya, gatofobiya –mushuklardan qo’rqish;
· akarofobiya – kanalardan qo’rqish;
· araxnofobiya – o’rgimchaklardan qo’rqish;
· kinofobiya – kuchukdan qo’rqish;
· ofidofobiya – ilondan qo’rqish.
Akvafobiya , gidrofobiya – suvdan, suzishdan qo’rqish;
· Akrofobiya – balandlikdan qo’rqish;
· Anemofobiya – yelvizakdan qo’rqish;
· Batofobiya – chuqurlikdan qo’rqish;
· Brontofobiya – momoqaldiroqdan qo’rqish;
· Keraunofobiya – chaqmoqdan qo’rqish;
· Niktofobiya – tun va zulmatdan qo’rqish;
· Ombrofobiya – jaladan qo’rqish;
· Pirofobiya – olovdan qo’rqish;
· Talassofobiya – dengizdan qo’rqish.
Batillofobiya – patogen mikroorganizmlardan qo’rqish;
· Gemotofobiya – qonni ko’rishdan qo’rqish;
· Kardiofobiya – yurak bilan bog’liq muammolardan qo’rqish;
· Odontofobiya – tish shifokoridan qo’rqish;
· Febrifobiya – isitmadan qo’rqish.
Avtofobiya, monofobiya – yolg’iz qolishdan qo’rqish;
· Klaustrofobiya – yopiq maydondan qo’rqish;
· Ksenofobiya – chet elliklar va begonalardan qo’rqish;
· Oxlofobiya – olomon va odam ko’p joylardan qo’rqish;
· Enissofobiya – tanqiddan qo’rqish.
Ayxmofobiya , belonefobiya – uchli va o’tkir buyumlardan qo’rqish;
· Gialofobiya – shishadan qo’rqish;
· Katotrofobiya – ko’zgudan qo’rqish;
· Kompyuterofobiya – kompyuterdan qo’rqish;
· Makrofobiya – katta buyumlardan qo’rqish;
· Mikrofobiya – kichik buyumlardan qo’rqish;
Amaksofobiya – transportda yurishdan qo’rqish;
· Bazilofobiya – yurishdan qo’rqish;
· Lalofobiya - gapirishdan qo’rqish;
· Stazifobiya – turishdan qo’rqish;
· Tremofobiya – titrashdan qo’rqish;
· Ereytofobiya – qizarishdan qo’rqish;
Amatofobiya – changdan qo’rqish;
· Kaynotofobiya – yangi buyum va g’oyalardan qorqish;
· Ksenoglossofobiya – xorijiy tillardan qo’rqish;
· Mizofobiya – kirdan qo’rqish;
· Onomatofobiya – ma’lum bir so’z yoki ismdan qo’rqish;
· Simbolofobiya – timsollardan qo’rqish;
· Triskaydekafobiya – “13” raqamidan qo’rqish;
· Trixofobiya – sochdan qo’rqish;
· Fobofobiya – fobiyalarga duchor bo’lishdan qo’rqish;
· Fonofobiya – ovozlardan qo’rqish;
· Verminofobiya – bakteriya , mikrob, qurt va shu kabilardan qo’rqish;
· Gipnofobiya – uhlashdan qo’rqish;
· Godofobiya – sayr qilishdan qo’rqish;
· Kakorrafifobiya – omadsizlikdan qo’rqish;
· Klimakofobiya – zinalarda yurishdan qo’rqish;
· Patofobiya – kasal bo’lishdan qo’rqish;
· Tanatofobiya – o’limdan qo’rqish.
➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰
Ⓜ️anzil: @Zakovat_intellekt
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев