Предыдущая публикация
Yig`la ko`nglim, yig`la bu oqshom,
Yig`la eslab baxtli kunlarni.
Baxt o`rniga bizning muhabbat,
Boshlab keldi qaro tunlarni.
U kelmaydi, unut, sog`inma,
Uchrab qolsa, baxtli bo`l deb ayt.
Ammo, izlab borma, yalinma,
Telba ko`nglim shu fikringdan qayt...
Kechirmayman deyman, jahl qilaman,
O`zimni qo`yarga topolmayman joy.
Alamimni TELEFON, PULTdan olaman,
Yo o`zimdan o`tdi deyman hoynahoy.
Uyam mendan battar o`jarlik qilar,
Na uzr so`raydi, na bir qo`ng`iroq.
Hammadanam ko`proq qiynayman uni,
Hammadanam ko`ra sevaman ko`proq.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев