sevgingga javob
bo'lmasa,
Sevmagin hech kimni
bo'ldi endi
qo'y.
Saqlagin sevgingni
pokiza tutib,
Yashirma dardingni
ichingga
yutib.
Bu dunyo arzimas dard
chekkaningga,
Tuyg'ular tufayli g'am
chekkaningga.
Dunyo yaralgandan
beri shunaqa,
Gohida vafo bor,
gohida esa yo'q.
Mayli uchrab qolar seni
ardoqlab,
Avaylab sevguchi
beg'ubor yurak.
O'shanda tutasan
sevgingni
unga,
Ungacha aylama
sevgingni
oshkor.
Bo'lmasa gard yuqib,
bo'lar
sevging hor,
Baxtliman deb yasha
bo'ldi endi
qo'y.
Tuyg'ular tufayli
kuyunishni sen.
Har ondan baxtliroq
lahzani izla,
Sen tufayli doimo kulib
yuray
men.
Insonlar quvonsin
shodligimizdan,
Havasla boqsinlar
quvonchimizga.
Ko'z tegmasin hech
qachon
tuyg'ular ila,
Sevgiga bildirgan
ishonchimizga.
Asraylik sevgini tutib
beg'ubor!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев